3 430
«Elakni ko‘tarishni o‘zim iltimos qilganman» - Ozodbek Nazarbekov Madaniyat vazirligidagi korrupsion holatlar haqida
Madaniyat vazirligi korrupsiyaga qarshi targ‘ibot-tashviqot orqali kurashib, samaradorlikka erishishni rejalashtirgan. Bu haqda 7 noyabr kuni Bosh prokuraturada o‘tkazilgan korrupsiya masalalariga oid idoralararo yig‘ilishda Ozodbek Nazarbekov ta’kidlab o‘tdi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.
«Madaniyat vazirligining nomiga yarashmaydigan grim masalasiga jalb qilingan yoki bu ishning bevosita ishtirokchisi hisoblangan xodimlarimiz o‘sha vaqtning o‘zidayoq ishdan bo‘shatilgan. Tergov xulosasiga ko‘ra, yana kimlar mazkur jinoiy ishda qatnashgan bo‘lsa, ularga ham, albatta, intizomiy choralar ko‘riladi.
O‘zingizni xabaringiz bor (bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev nazarda tutilyapti – tahr.) vazirlikda korrupsiya holatlarining oldini olish va uni tubdan isloh qilish borasida yordam so‘rab, shaxsan o‘zim iltimos qilganman. Ochig‘ini aytaman, men ichidan juda yaxshi tushunmaganim uchun elakni bir ko‘tarish bo‘yicha murojaat qildim. Vazirlik tizimidagi boshqa tashkilotlarni ham korrupsiyadan isloh qilishda Bosh prokuratura ham yaqindan yordam beryapti. Buning uchun sizga katta rahmat.
Albatta, elak suvdan ko‘tarilganidan keyin korrupsiyaning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha birin-ketin tizim ishlab chiqamiz. O‘ylaymanki, madaniyat yo‘nalishida ko‘proq profilaktika bilan shug‘ullanishimiz kerak. Bu borada odob-axloq normalarini ishlab chiqdik va sohadagi xodimlarning har biriga tarqatdik. Targ‘ibot ishlari orqali ham ko‘p natijaga erishamiz, rejalarimiz ko‘p», — dedi madaniyat vaziri. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi