Foto: MuhayoAli
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Klara Jalilova 20 noyabr kuni tongda hayotdan ko‘z yumdi. Aktrisaning to‘ng‘ich o‘g‘li Furqat Ahmedov uning vafot etganini tasdiqladi.
«Onam yiqilib, etlari biroz lat yegandi. Ammo ahvollari ancha yaxshilangandi. Bugun tongi 07:30 da esa jonlari uzildi», — dedi Furqat Ahmedov.
Eslatib o‘tamiz, bir necha oy avval xonanda Ozoda Nursaidova va Yulduz Turdiyevalar aktrisaning betobligini eshitib, uning holidan xabar olishgani haqida xabar berilgan edi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, «Do‘stlik» ordeni sohibasi Klara Jalilova 1937 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Aktrisa faoliyatini qo‘shiqchilikdan boshlagan. 1958 yilda suratga olingan «Maftuningman» filmidagi bosh qahramon Yulduzxon obrazi aktrisaga mashhurlik olib kelgan.
«Maftuningman» filmidan lavha.
Foto: «Kino-teatr.ru»
Klara Jalilova «Chinor ostidagi duel», «Kelinlar qo‘zg‘oloni», «Kulol va xumcha», «So‘nggi lahza» kabi filmlarda rollar ijro etgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Sharmandaga shahar keng
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti