4 734
Priyanka Chopra «Uddaburon bolalar» filmini eslatuvchi yangi fantastik kartinada suratga tushdi (video)
Netflix Robert Rodrigesning «Biz qahramon bo‘la olamiz» nomli yangi fantastik loyihasining ilk tizeri bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi «Film.ru».
Kartina syujeti «Uddaburon bolalar» filmini yodga soladi va bundan tashqari, voqealar Rodrigesning «Sharkboy va Lava sarguzashtlari» filmida tilga olingan koinotda sodir bo‘ladi. Filmda Lava rolini ijro etgan Teylor Dulini uchratish mumkin, biroq Sharkboy rolini ijrochisi Teylor Lotner boshqa bir aktyor bilan almashtirilgan.
Foto: «Film.ru»
Bir guruh bolalar superqahramon ota-onalari o‘zga sayyoraliklar tomonidan o‘g‘irlab ketilish xavfi ostida bo‘lganidan so‘ng birlashishga qaror qiladi. Ular hukumat muassasasidan qochib chiqib, qutqaruv operatsiyasiga tayyorlanadi.
Shuningdek, kartinada Pedro Paskal, Priyanka Chopra, Kristian Sleyter va boshqa ko‘plab mashhur aktyorlarni uchratish mumkin.
Film premerasi striming servisida 2021 yil 1 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda