Qo‘shiqchi Sanjayga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi va tegishliligi bo‘yicha sudga yuborilgan. Bu haqda Intellektual mulk agentligi xabar berdi.
Qayd etilishcha, Sanjay taxallusi bilan ijod qiluvchi xonanda Djavberdiyev Sanjar «Gulbadan», «Atirgulim atringni soch», «Karvon» nomli qo‘shiq va she’rlarni mualliflarning roziligisiz, asar yaxlitligini buzgan holda ijro etgani sababli O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga ariza kelib tushgan.
Ma’lum bo‘lishicha, xonanda Djavberdiyev Sanjar qo‘shiq muallifi –O‘zbekiston halq artisti Sherali Jo‘rayev hamda she’rlar muallifi – O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azimovdan hech qanday rozilik olmasdan va ular bilan shartnoma tuzmasdan qo‘shiq aslini o‘zgartirgan holda ijro etib kelgan.
Bu esa O‘zbekiston Respublikasi Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyatining O‘zbekiston halq artisti Sherali Jo‘rayev va muallif Usmon Azimovning ishonchli vakili sifatida xonanda Djavberdiyev Sanjarga «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonunni buzganligi uchun chora ko‘rish yuzasidan ariza bilan murojaat qilishiga sabab bo‘lgan.
«Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonun 18-moddasiga ko‘ra, asar (qo‘shiq)ni omma oldida ijro etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanishda asarning o‘ziga, nomiga va muallifning ismi-sharifi ko‘rsatilishiga biron-bir o‘zgartish kiritishga faqat muallifning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
«Ammo bizning holatimizda buning aksi bo‘lgani tufayli qo‘shiqlarga bo‘lgan mualliflik huquqi jiddiy ravishda buzilgan. Natijada O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 177(1)-moddasining birinchi qismida belgilangan asarlardan yoki turdosh huquqlar ob’ektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish, xuddi shuningdek asarlarning yoki turdosh huquqlar ob’ektlarining kontrafakt nusxalarini takrorlash, tarqatish holatlari mavjud deb hisoblanib, unga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi va tegishliligi bo‘yicha sudga yuborildi», deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi