
8 dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yillik bayrami munosabati bilan yurtimiz telekanallarida «O‘zbekkino» Milliy agentligi tomonidan «Ibrat» va «Mahmudxo‘ja Behbudiy» filmlarining milliy televizion namoyishi o‘tkaziladi, deb yozadi «O‘zbekkino» Milliy agentligi Axborot xizmati.
«Ibrat» tarixiy-badiiy filmi yetuk ma’rifatparvar, adabiyotshunos, tilshunos, jadidchi olim Ishoqxon Ibratning hayoti va ijodi haqida bo‘lib, «O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Kinomaniya» kinostudiyasi tomonidan suratga olingan.
«Mahmudxo‘ja Behbudiy» filmi esa dramaturg, publitsist, jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Behbudiy haqida bo‘lib, film agentlik buyurtmasiga binoan «Inson”»kinostudiyasi tomonidan tasvirga olingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar