«Qurilish: Usmon» serialini tomosha qilayotgan turk kinosi muxlislari bosh qahramon rolini ijro qilayotgan aktrisa O‘zge Torer Burak O‘zchivitni sevib qolgan va tuyg‘ularini yashirishni uddasidan chiqa olmayapti, degan fikrda. «Rus.Turkey.com»ning yozishicha tomoshabinlar aktyorlar o‘rtasida munosabatlar borligi haqida gumon qilmoqda.
Foto: Milliyet
Avvaliga bu kabi shubhalar O‘zgening Instagram sahifasiga yozib qoldirilgan, aktrisa esa bunga javoban izoh qoldirgan foydalanuvchilarni qora ro‘yxatga kiritgan. Keyinroq tomoshabinlar turli forum va Facebook’da Torerning aktyorni yoqtirib qolganini muhokama qila boshlagan.
Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi, deb o‘ylagan tomoshabinlar bunday mish-mishlarga aktrisaning suratga olish maydonchasida Burak bilan birga tushgan suratlarini, ayniqsa, sevishganlar rolini gavdalantirayotgan payti aks etgan kadrlarni ko‘p joylashi sabab deb hisoblagan.
Foto: Milliyet
Foto: Milliyet
«Uning aktyorga muhabbat ko‘zi bilan qarashi o‘yin bo‘lishi mumkin emas», − deb yozib qoldirgan muxlislardan biri O‘zgening ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga.
Uning hamkasblari esa mazkur mavzuga izoh bermaslikka harakat qilgan, berganda ham hazil aralash O‘zchivitni sevib qolmaslik mumkin emasligini ta’kidlagan.
Shuningdek, tinib-tinchimagan muxlislar ijtimoiy tarmoqda Fahrie va O‘zgeni taqqoslab ular o‘rtasida umumiylik ko‘pligi sabab Torerni Burakka yoqadigan toifadagi qiz, degan xulosaga kelgan.
Bunday mish-mishlarga jim qarab turolmagan O‘zge tarqalgan gap-so‘zlarga munosabat bildirgan. U bunday taxminlarni o‘qish kulgili, shu bilan birga, quvonarli ekanini aytgan. «Demak, men yaxshi aktrisaman, sevib qolgan inson rolini yaxshi o‘xshata olayotganimdan xursandman. Burak juda ham yaxshi inson va aktyor. Biz juda ham yaxshi munosabatdamiz. Ammo mening tuyg‘ularim haqidagi mish-mishlar, shunchaki mish-mish», − degan aktrisa bularning barini roliga berilgan yuqori baho deb hisoblashini qo‘shimcha qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi