Aziza Sodiqova.
Ushbu haftada Massimo Di Palermo teatrida, Yevropaning markaziy televideniyesi jonli efirida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Mutaxassislar bu dasturni zamonaviy mumtoz musiqada inqilobiy voqea deb baholashmoqda.
Dunyoga mashhur dirijor Velber o‘tkazgan konsertda Gaydn va Shuman asarlari puxta tanlandi va dasturning kulminatsiyasida – Yevropaning yetakchi bastakori, o‘zbekistonlik Aziza Sodiqovaning yangi asari ijro etildi.
Mutaxassislarning sharhlariga ko‘ra, konsert musiqiy uslublarning mohirona ijrolari bilan, ayniqsa, Azizaning o‘ziga xos ijodi bilan shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.
BBC Aziza Sodiqovani jahon musiqasining 100 ta eng nufuzli ayollari ro‘yxatiga kiritdi. Chunki dunyoning eng zŭr orkestr va dirijërlari unga musiqa yëzib berishini sŭrab buyurtmalar berishmoqda.
Ma’lumot uchun: Aziza Sodiqova 1978 yilning 6 oktabrida Toshkent shahrida tug‘ilgan. 6 yoshidan boshlab Uspenskiy nomidagi maxsus musiqa maktab-internatida ta’lim olgan. Toshkent davlat konservatoriyasining bastakorlik fakultetini bitirgan.
1999 yilda Uilyam Shekspirning «Romeo va Juletta» fojiasiga yozgan musiqasi Azizaning o‘ziga xos iste’dodi qirralarini ochib berdi va u Angliyadagi Sheksper teatrida katta muvaffaqiyat bilan ijro etildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi
Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda