Barcha insonlar qatorida turk kino olamidagi yulduzlar ham Yangi yil bayramiga uzoq vaqtdan beri tayyorgarlik ko‘rib kelmoqda. Ayniqsa, hashamatli archa daraxti uyning asosiy bezagiga aylangan. Bayramona kayfiyat ulashish maqsadida yulduzlarning Instagram sahifasida bo‘lishgan suratlarini e’tiboringizga havola etamiz.
Nur Fettaho‘g‘li
Foto: «Yandeks Dzen»
«Muhtasham yuz yil» seriali yulduzi Nur Fettaho‘g‘li 4 hafta avval archa daraxtini bezatishga muvaffaq bo‘ldi. Bunda aktrisaga qizalog‘i Eliza yaqindan yordam bergan. Archani aynan kamin yaqinida joylashgani ham ertaklarni eslatib yuboradi. Shuningdek, archa poyida allaqachon sovg‘alar ham joylashtirilgan.
Pelin Karaxan
Foto: «Yandeks Dzen»
«Muhtasham yuz yil» serialining yana bir latofatli aktrisasi ham juda bejirim archa surati bilan bo‘lishdi. Pelin bezaklarda ko‘proq oq va pushti ranglardan foydalangan. Bezaklarning bisyorligidan deyarli archa daraxtini ko‘rib bo‘lmaydi. Natija aktrisaning o‘ziga juda ma’qul kelgan, ammo farzandlari buni qanday kutib olgani ma’lum emas.
Xande Erchel
Foto: «Yandeks Dzen»
Opa-singil Xande va Gamze Erchellar archani Mavining tug‘ilgan kunida bezatdi. Ular mos ravishda archani oq rangda bezab, ajoyib kechani tashkillashtirdi. U xuddi o‘rmonlardagi archa daraxti kabi bezatilgan bo‘lib, shoxlarida quyonni, archa poyida esa oq ayiq va kiyiklarni ko‘rish mumkin.
Berguzar Korel
Foto: «Yandeks Dzen»
Yana bir hashamatli archa daraxti Xalit Ergench va Berguzar Korelning uyida joylashgan. Yulduzli juftlik ham bezaklarda oq va porloq ranglarga murojaat qilganligi ko‘rinib turibdi. Archa yonida qorbobolarni ko‘rish mumkin va kamin ham Yangi yil uslubiga mos tarzda bezatilgan. Berguzar farzandlari uchun haqiqiy ertakmonand archa bezatganidan xursand.
Jansu Dere
Foto: «Yandeks Dzen»
2020 yilning so‘ngida Jansu ham archa bezatishga qaror qildi va dugonasi Esra Eron bilan birgalikda archa oldida tushgan suratlarini o‘z sahifasiga joylashtirdi. Archa bezaklariga qaraganda aktrisa ko‘proq tilla va qizil rangni xush ko‘radi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat