2 225
Priyanka Chopra muvaffaqiyatga erishish yo‘li va bu yo‘lda duch kelgan qiyinchiliklari haqida memuar kitob yozdi
Foto: The Indian Express
Ayshvariya Ray bilan bir qatorda Priyanka Chopra ham Gollivudda muvaffaqiyatga erishgan kam sonli hind aktrisalaridan biridir. 38 yoshli aktrisa The One Show teleshousida kinosanoatning go‘zallik standartlari va hindistonlik bo‘lgani uchun mashhur loyihalarda asosiy rollarni olishi qiyin bo‘lgani haqida gapirib berdi.
«Amerikaga ko‘chib kelganimning dastlabki yillarida musiqa bilan shug‘ullanganman va hatto bir nechta plastinkalar chiqarishga ham muvaffaq bo‘lgandim, ammo tez orada aktrisalik faoliyati bilan shug‘ullanishni istashimni angladim, — deb eslaydi Priyanka. — Men Gollivud filmlarida o‘zim uchun qiziqarli bo‘lgan rollarni izlay boshladim, lekin tez orada tushunib yetdimki, hech kim bosh rolni hind aktrisasiga berishni xohlamas ekan».
Foto:The Indian Express
«Mustaqil janrdagi yoki jangari filmlarni nazarda tutmayapman, mashhur Gollivud filmlari va teleshoular haqida gapiryapman. Bu menga g‘alati tuyulardi, lekin shu bilan birga o‘zimga nisbatan boshqacha munosabatda bo‘lishim kerakligini angladim, — deydi Chopra. — Chunki men muvaffaqiyat qozonishimga chin dildan ishonardim».
Priyanka haq bo‘lib chiqdi: 2015 yilda u Quantico serialida bosh rolni o‘ynadi va Amerika teleshoularida ishtirok etgan birinchi hind aktrisasi bo‘ldi. «Hechdan ko‘ra kech yaxshi, lekin baribir ko‘ngilochar sohaga xilma-xillik kerak», — deydi aktrisa.
Quantico serialida rol o‘ynagan Priyanka Chopra
Foto: Glamour
Priyanka karerasining dastlabki vaqtlarida Gollivud prodyuseri unga bir qator jarrohlik operatsiyalarini, jumladan, jag‘ini to‘g‘rilatishni maslahat berganini eslaydi: «U menga agar aktrisa bo‘lishni xohlasam, qomatimni to‘g‘rilatishim kerakligini aytdi va qandaydir plastik jarrohning telefon raqamini berdi. Men bu gaplarni eshitib, dahshatga tushdim. O‘zimni baxtsiz va nochor his qildim, o‘zimdan orzum uchun bunday munosabatlarga chidashga tayyormanmi, deb so‘radim».
Foto: Glamour
Priyanka muvaffaqiyatga erishish yo‘li va bu yo‘lda duch kelgan qiyinchiliklari haqida «Tugallanmagan» nomli esdalik kitobida batafsil to‘xtalib o‘tgan. Ta’kidlanishicha, mazkur kitob 2021 yilning 9 fevral kuni Amerikada nashrdan chiqqan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi