4 955
Muqaddas Sa’dullayeva birinchi turmushi buzilgani, Yigitali bilan qanday tanishgani va Rayhonning egizaklari haqida gapirdi
Foto: Instagram / @muqaddas_sadullayeva
Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva Instagram’dagi stories’i orqali folloverlarini qiziqtirgan savollarga javob berdi. Quyida aktrisaga berilgan savollar va ularga qaytarilgan javoblarni taqdim etamiz.
— Hijobga kirish niyatingiz bormi?
— Inshalloh, oz qoldi.
— Turmush o‘rtog‘ingiz bilan nima masalada tortishib qolasizlar?
— Bir-birimizni rashk qilib, o‘rinsiz rashkligini tushunib, yana tez yarashib olamiz.
— Rayhon o‘g‘illarining rasmini qo‘yganidan beri chidolmayapsizmi?
— Bolalarimning akalari, nimaga chiday olmasligim kerak? Allohning buyurgan taqdiri. Odamlar nega bunaqa gaplarni yozisharkan, hayronman?
Foto: Instagram / @muqaddas_sadullayeva
— Sa’diyani umuman ajratmaydimi turmush o‘rtog‘ingiz?
— Ota o‘z farzandlarini bir-biridan ajratishi mumkinmi? Ota ham ona ham barcha farzandlariga mehrni baravar berishni istaydi.
— Birinchi turmushingiz nega buzilgan?
— Bu haqda gapirishni xohlamayman, sababi, alhamdulillah, baxtliman. Faqat bitta narsani aytishim mumkin, mendan keyin yana ikki qizning turmushi xuddi mendek buzilgan, bir xil ssenariy asosida. Ishqilib, to‘rtinchisi kelsa, baxtli bo‘lsin, toshdek qotib. Hammaning o‘ziga insof bersin!
Foto: Instagram / @muqaddas_sadullayeva
— Yigitali bilan qanday tanishgansizlar?
— Ko‘rsatuv «syomka»sida tanishib, do‘stlashganmiz. Do‘stlik muhabbatga aylangan.
— Oila qurishda oliy ma’lumot shart deb o‘ylaysizmi?
— Diplom hech narsani hal qilmaydi. Allohdan baxt, chiroyli taqdir, chiroyli turmush so‘rang. Alloh baxtli qilaman, desa bitta diplom, ikkinchi diplom esa tugallanmasdan chala qolib, turmush o‘rtog‘ingizning xohishi bilan menga o‘xshab, baxtli bo‘lib, uyda o‘tirasiz.
Foto: Instagram / @muqaddas_sadullayeva
— Mening ham birinchi turmushim bo‘lmadi. Bir qizim bor. Qanday motivatsiya bera olasiz?
— Birinchi o‘rinda qizingiz uchun o‘zingizni qo‘lga oling. Allohdan qizingizning taqdiri go‘zal bo‘lishini so‘rang. Ibodat qiling, Alloh bandasini duoga ochgan qo‘llarini quruq qaytarmaydi. O‘zingizni sevgan kasbingiz bilan chalg‘iting! Inshalloh, kutilmaganda Alloh sizning baxtingizni kutganingizdan go‘zalroq qilib beradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi