
«Titanik» yulduzi Keyt Uinslet Observer Magazine nashriga bergan intervyusida «Avatar 2» filmining suratga olish jarayonidagi tafsilotlar bilan bo‘lishdi.

Foto: People Talk
Suv ostida bo‘lishni juda ham g‘aroyib deb atagan aktrisa, bu vaqtda kishi hech narsa haqida o‘ylamasdan, shunchaki ro‘parasidagi pufaklarni tomosha qilish mumkinligi haqida aytib o‘tgan. «Suv yuzasiga chiqqanda birinchi bo‘lib men tirikmanmi, deb so‘raganman. 7 daqiqa suv ostida bo‘lganimdan keyin o‘lganman, deb o‘ylaganman».
Keyt, Jeyms Kemeronning blokbasterida Ronal rolini ijro qilish uchun fridayving (suv ostida nafas olmay turish) bilan maxsus shug‘ullangan. Bu borada unga turmush o‘rtog‘i Ned Roknroll yordam bergan.
«Bu juda ham ajoyib bo‘lgan, men o‘zim bilan faxrlanganman. Ehtimol, hech qachon qayta buning uddasidan chiqa olmayman. Natijaga to‘rt hafta davomida zo‘r berib ishlagandan keyin erishganman. Biroq menga bu juda ham yoqqan», — degan Keyt.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar