08:04 / 14.03.2021
3 012

Yulduzlarning muvaffaqiyat va iste’dod borasida o‘zidan qolishmaydigan opa-singillari (foto)

Yulduzlarning muvaffaqiyat va iste’dod borasida o‘zidan qolishmaydigan opa-singillari (foto)
Mashhurlik bobida yetakchi bo‘lgan shou-biznes vakillarining iste’dod borasida o‘zidan kam bo‘lmagan opa-singillari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Jennifer Lopesning singlisi Linda Lopes

Foto: «Liza»
Xonandaning singlisi Linda ham opasi singari ijodkorlikni tanlagan. Amerikaning WCBS-AM radiostansiyasida jurnalist sifatida faoliyat olib boradigan Linda, professional yutuqlari uchun «Emmi» mukofotini qo‘lga kiritgan. Adam Goldfrid bilan turmush qurgan qizning 11 yashar farzandi bor.

Peris Xiltonning singlisi Niki Xilton

Foto: «Liza»
Opasidan uch yosh kichkina bo‘lgan Niki, Nyu-Yorkdagi moda institutini tamomlagan. Dizayner sifatida faoliyat olib boradigan qizning sport va luks kiyimlar brendi bor. Jeyms Rotshild bilan turmush qurgan Xiltonning ikki nafar farzandli bor.

Britni Spirsning singlisi Jeymi Spirs

Foto: «Liza»
Jeymi Britnidan avval shou-biznes olamida tanilib ulgurgan. 11 yoshida suratga tushishni boshlagan qiz ijrosidagi «Zoui 101» film mashhurlikka erishgan. «Emmi»ga nomzod bo‘lgan Spirs, bir nechta nufuzli mukofotlarni qo‘lga kiritgan. 2002 yilda How Could I Want More qo‘shig‘ini kuylagan Jeymi, yarim yil o‘tib The Journey albomini taqdim qilgan. U 2014 yilda biznesmen Jeymi Uotsonga turmushga chiqqan va oradan to‘rt yil o‘tib qizli bo‘lgan.

Penelopa Krusning singlisi Monika Krus

Foto: «Liza»
Monika ham Penelopadan kam bo‘lmagan iste’dodli. 4 yoshidan raqs bilan shug‘ullangan qiz, Qirollik raqs akademiyasini tamomlagan. «Karib dengizi qaroqchilari: Noma’lum sohillar»ning suratga olish jarayonida ishtirok etgan qiz, Penelopaga dublyor bo‘lgan. Gap shundaki, opasi homilador bo‘lgani sabab faqat yirik planda ko‘ringan, uzoqdan olinishi kerak bo‘lgan kadrlarda esa singlisi ishtirok etgan.

Hilari Daffning opasi Xeyli Daff

Foto: «Liza»
Hayotini kinematografiya bilan bog‘lashni istagan opa-singillarning kichkinasi ko‘proq mashhurlikka erishgan. «Napaleon Dinamit» kartinasida suratga tushgan qiz Mett Rouzenberg bilan turmush qurgan.

Jessika Simpsonning singlisi Eshli Simpson

Foto: «Liza»
3 yoshidan raqsga tushish bilan shug‘ullangan Eshli xonanda sifatida ham o‘zini sinab ko‘rgan. 2004 yilda albom yozgan qiz, keyinroq The Ashlee Simpson shousini taqdim qilgan. 2014 yilda Evan Rossga turmushga chiqqan Simpsonning ikki nafar farzandi bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduzlarning muvaffaqiyat va iste’dod borasida o‘zidan qolishmaydigan opa-singillari (foto)