Foto: «Daryo»
Xonanda Yorqinxo‘ja Umarov Afruza bilan munosabatlariga oydinlik kiritdi. Xonanda bu haqda YouTube’dagi YashinTV kanaliga bergan intervyusida gapirib berdi.
- "Afruza mening singlim, biz bir musiqiy kompaniya a’zosimiz, hozir shu yerda aytib o‘tishim kerak. Biz, ya’ni men, G‘aybulla Tursunov, Afruza, Sagdiana «Mano music line» leybeli ostida ijod qilamiz.
Afruza bilan ishqiy munosabatimiz yo‘q. Odamlar bizni ishqiy juftlik sifatida ko‘rishadi. Bu haqda bir necha marta so‘rashgan, yo‘q degan javob ham berganman, baribir yana va yana shu savol takrorlanmoqda. To‘g‘risini aytaman, Afruza bilan, umuman, ishqiy munosabatimiz yo‘q. Afruza hamkasbim, uni singlimdek ko‘raman", - dedi Yorqinxo‘ja Umarov.
Shuningdek, Yorqinxo‘ja Umarov intervyu davomida orzusidagi rafiqa qanday bo‘lishi haqida quyidagi fikrlarni aytib o‘tgan.
- "Avvalgi bergan intervyumda hijobli qizga uylanishni orzu qilishimni aytgandim. Shu gapim juda ommalashib ketgan edi. Hijobli qizga hali o‘zim mos emasman. Aytmoqchi bo‘lganim hijobi yuzida ham, qalbida ham bo‘lsin. Shunda u qiz menga bir mukofot bo‘lgan bo‘lardi. Tarbiyali bo‘lsa, muomalasi chiroyli bo‘lib, onamni hurmat qilsa men uchun haqiqatdan mukofot bo‘lardi. Ayolimning qalbida ham, o‘zida ham, yuzida ham hijobi bo‘lishini juda ham xohlardim, shunday bo‘lishini orzu qilaman", - deydi Yorqinxo‘ja Umarov.
Ma’lumot uchun, Yorqinxo‘ja Umarovning «Jana-jana», «Zubayda», «Qizim», «Bir kunlik» deb nomlangan qo‘shiqlari mashhurlikka erishgan. Xonanda 2019 yilda Xalqlar do‘stligi saroyida «Jana-jana» deb nomlangan ilk yakkaxon konsert dasturini ham taqdim etgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Ozodbek Nazarbekov Dilnoza Kubayeva bilan bog‘liq mish-mishlarga oydinlik kiritdi (video)

Xonanda va aktyor Jo‘rabek 80 ming so‘mga oldirgan video klipi haqida gapirdi

Xonanda Sagdiana (Sug‘diyona) hozir qayerda? (video)

Citora Alimjonova Sherzod Bin bilan bo‘lgan munosabatlariga oydinlik kiritdi

Aktrisa Yulduz Rajabova Yigitali Mamajonov bilan munosabatlariga oydinlik kiritdi

Xonanda Dilso‘z Toshkentdagi to‘yini Sardor Rahimxon o‘tkazib bergani haqidagi mish-mishlarni rad etdi