20:33 / 24.03.2021
2 670

Xonanda Billi Aylishning yangi imiji aks etgan surati Instagram’da rekord darajada layk to‘pladi

Xonanda Billi Aylishning yangi imiji aks etgan surati Instagram’da rekord darajada layk to‘pladi
Foto: Esquire
Sochlari sariq rangga bo‘yalgan amerikalik qo‘shiqchi Billi Aylishning surati Instagram’da paydo bo‘lishi bilan 6 daqiqa ichida rekord darajada million layk yig‘di. U ijtimoiy tarmoqdagi eng mashhur to‘rtta postga kirdi, deb yozadi Esquire.

«Meni chimchilab qo‘ying», — deb izoh yozgan Aylish yangi soch turmagida tushgan suratga. Keyinroq «sariq soch» va «xayr, yashil» deya izoh qoldirgan. Soch turmagi haqida joylashtirilgan yangi post 19,4 million layk to‘plagan va ularning soni o‘sishda davom etmoqda. Xonanda 2019 yil iyul oyida sochining ildizi yashil rangga bo‘yalgan birinchi surati bilan bo‘lishgan edi.

Instagram’dagi eng mashhur 5 ta post:
  • tuxum surati — 54,9 million layk;
  • 2018 yilda otib o‘ldirilgan reper XXXTentacion’ning so‘nggi posti — 23,8 million layk;
  • Krishtianu Ronalduning argentinalik afsona Diyego Maradona bilan tushgan surati — 19,8 million layk;
  • Billi Aylishning yangi soch turmagida tushgan surati — 19,4 million layk;
  • Aktyor Chedvik Bouzman o‘limi haqidagi xabar — 19,1 million layk.

2020 yilning dekabr oyida Aylish o‘z muxlislaridan «sochining ustidan kulishni bas qilishini» iltimos qilgan. Shuningdek, «Bir oz xiralashgan dunyo» hujjatli filmi taqdimotidan keyin sochini o‘zgartirishga va’da bergan.

«Hujjatli film namoyishidan keyin sochimning rangini bo‘yayman. Bu bir davrning yakuni bo‘ladi. Ammo yangisini beraman», — degan edi xonanda. Ma’lum bo‘lishicha, xonanda 6 hafta mobaynida sochining rangini o‘zgartirgan. 2021 yil 14 mart kuni bo‘lib o‘tgan 63-«Gremmi» taqdirlash marosimida maxsus parik kiygan.

Eslatib o‘tamiz, «Yil taronasi» nominatsiyasida Billi Aylish «Everything I Wanted» taronasi bilan g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, ijrochining Jeyms Bond haqidagi «O‘lishning vaqti emas» filmi uchun kuylagan «No Time to Die» ijrosi «Eng yaxshi saundtrek» nominatsiyasida mukofotga loyiq deb topildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xonanda Billi Aylishning yangi imiji aks etgan surati Instagram’da rekord darajada layk to‘pladi