2 686
Sogdiana O‘zbekistondagi konserti uchun unga litsenziya berish rad etilgani haqida so‘zlab berdi
Asli toshkentlik bo‘lgan, hozirda Rossiyada yashab, ijod qilayotgan xonanda Sogdiana Sputnik nashriga bergan intervyusida O‘zbekistonda konsert berishni orzu qilishi, biroq litsenziya berishni rad etishlaridan qo‘rqishi haqida so‘zlab berdi.
Foto: Instagram / @sogdianamusic
Xonanda oxirgi marta 2006 yilda Toshkentda konsert bergan. U 2009 yoki 2010 yilda dugonasi Rayhonning konsertida u bilan duet kuylamoqchi bo‘lganida, unga litsenziya berishmagan.
«Aniq eslay olmayapman, 2009 midi yoki 2010? Dugonam Rayhonning konsertida birga duet kuylashimiz kerak edi. Buning uchun ruxsat olish kerak edi. O‘zbekistonda konsertda chiqish qilish uchun litsenziya olish kerak. O‘shanda menga litsenziya berishmagan va bunga hech qanday tushuntirish ham berishmagan», — deydi Sogdiana.
«Men O‘zbekistonda konsert berishni juda ham kutyapman, meni juda ko‘p taklif qilishadi. Lekin men, yana bir bor rad qilishlaridan qo‘rqsam kerak», — deydi so‘zlarini davom ettirib xonanda.
Ma’lumot uchun, asli ismi Oksana Nechitaylo bo‘lgan xonanda Sogdiana 1984 yil 17 fevralda Toshkentda tug‘ilgan. Uning «Yurak mahzun», «Netay», «Meni esla» kabi qo‘shiqlari xit bo‘lgan. Xonanda «Xo‘ja Nasriddin: O‘yin boshlandi», «So‘g‘diyona», «Yangi yil parisi» kabi filmlarda rol ijro etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin