17:15 / 14.05.2021
3 782

Muxlislar Gal Gadotni yozgan tviti sabab «Mo‘’jizakor ayol»dan haydab yuborishni talab qilmoqda


Foto: «Film.ru»
«Mo‘’jizakor ayol» filmi yulduzi Gal Gadot Isroil—Falastin mojarosi borasidagi yozgan tviti sabab ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralar markazida qolib ketdi. Aktrisa o‘zining Twitter’dagi sahifasiga yuzaga kelgan vaziyatdan tashvishda ekani va uni qo‘llab-quvvatlash haqida yozgan, biroq foydalanuvchilar uni genotsid tarafdori va targ‘ibotchiligida ayblamoqda, deb xabar beradi «Film.ru».

«Yuragim chilparchin bo‘lmoqda. Mamlakatim urush holatida. Isroil ozod va xavfsiz millat sifatida yashashga haqli. Qo‘shnilarimiz ham bunga loyiq. Qurbonlar va unlarning oilalari uchun duodaman. Aql bovar qilmas bu dushmanlik yakunlanishini, yetakchilarimiz yonma-yon tinch yashashimizga biror yechim topishiga duo qilaman», — deb yozadi Gadot.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Gal Gadot Isroil armiyasida xizmat qilganini eslab o‘tgan, ayrimlar uni qotil deya yozmoqda. Tvit ostida yuzaga kelgan onlayn-urush oqibatida muxlislar aktrisani DC kinoolamidan haydab yuborishni talab qila boshlagan.

Oradan biroz vaqt o‘tgach Gadot post ostidagi izohlarni yopib qo‘ygan. Shu bilan birga, aktrisani qo‘llab-quvvatlaganlar ham bor. Jumladan, Texas shtatidan bo‘lgan senator Ted Kruz ular orasida.

Eslatib o‘tamiz, Quddusning al-Aqso masjidida Isroil politsiyasi va falastinliklar o‘rtasidagi to‘qnashuvlardan so‘ng G‘azo sektorini nazorat qiluvchi HAMAS guruhi Isroil hududiga raketa hujumlarini boshladi. Bunga javoban Isroil harbiy havo kuchlari Falastin hududlariga aviazarbalar yo‘lladi. Mazkur hujumlar oqibatida 12 may holatiga ko‘ra, 40 kishi — G‘azoda 35, Isroilda 5 kishi halok bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Muxlislar Gal Gadotni yozgan tviti sabab «Mo‘’jizakor ayol»dan haydab yuborishni talab qilmoqda