16:13 / 04.06.2021
5 709

Taniqli turk aktrisasi Tuba Buyukustun Dior brendining yuziga aylandi


Foto: Instagram / @tubabustun.official
Mashhur aktrisa Tuba Buyukustun Turkiyadagi vakil sifatida Dior brendi bilan shartnoma imzoladi, deb yozadi «RusTurkey.com».

Xabarlarga ko‘ra, Tuba Buyukustun uzoq muzokaralardan keyin unga taklif qilingan shartnomani imzoladi. Endilikda u ham reklama kompaniyasida ishtirok etadigan Gollivud yulduzlari bilan birga Dior brendining yuziga aylandi. Ma’lum bo‘lishicha, aktrisa taniqli fransuz brendi bilan hamkorlik qilishga darhol rozi bo‘lmagan. Bunga sabab esa uning ish yuzasidan o‘ta bandligi edi.

Buyukustunning muxlislari aktrisaning reklama kompaniyasida ishtirok etishi haqidagi xabarni mamnuniyat bilan qabul qildi, chunki u jahonga mashhur brendning vakili obraziga mukammal tarzda mos keladi.

Eslatib o‘tamiz, Tuba «Emmi» mukofotiga nomzod bo‘lgan birinchi turk aktrisasi. 2018 yilda Tuba Turkiyaning eng yaxshi uchta aktrisasining biri deb tan olingan. Modellik faoliyati bilan ham shug‘ullanuvchi aktrisa o‘zbek tomoshabinlariga «Arg‘uvonlar ostida», «Osiyo», «Pul va gul ishqi», «Jasur va go‘zal» hamda «Elchining qizi» seriallaridagi obrazlari orqali tanish.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Taniqli turk aktrisasi Tuba Buyukustun Dior brendining yuziga aylandi