8 295
Sardor Mamadaliyev ustoz san’atkor uni to‘yda kamsitgani haqida gapirib berdi (video)
Foto: «Daryo»
Xonanda Sardor Mamadaliyev «Daryo» internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Sardor Mamadaliyev suhbat davomida ustoz san’atkor uni to‘yda kamsitgani haqida gapirib berdi.
"Rahmatli Rahmatilla Mirzayev hayot edilar. To‘yda davrani ular olib borayotgandilar. Joylari jannatdan bo‘lsin, ilohim. Ular rostdan ham muxlisim bo‘lgan ekanlar. Mana erkakcha ovoz, bu xonandani radiolarda eshitib, kim ekan, deb yurardim, deb tantanali e’lon qilib, ko‘klarga olib chiqqan vaqtda bir ustoz san’atkorimiz kelib, olib chiqib tashlamaysizlarmi fonogramma aytadigan muttahamni, deganlar. Kimligini aytmayman, o‘shanda u san’atkor dilimni qattiq og‘ritgan, lekin u san’atkorning ijodi juda ham yaxshi.
Har bitta dilda Alloh yashaydi, iloji boricha dilozorlik qilmaslikka harakat qilaman. Ichimda u san’atkorga javob ber, degan fikr ham o‘tdi, ammo endi chiqayotgan nihol edim, puf desa, uchib ketaman. Beodobdan odob o‘rgan deydi-ku, men u ustoz san’atkordan odobni o‘rganganman", - dedi Sardor Mamadaliyev.
Ma’lumot uchun, Sardor Mamadaliyev 1985 yil 10 oktabr kuni Namangan viloyati, Chust tumanida dunyoga kelgan. «Xalqlar do‘stligi» saroyida to‘qqiz marotaba yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan. Oilali, ikki farzandning otasi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi”
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”