Bollivud yulduzlari Priyanka va Karina bir-biriga raqobatchi bo‘lishining sababi nimada?

Bollivud yulduzlari Priyanka va Karina bir-biriga raqobatchi bo‘lishining sababi nimada?
Foto: «Yandeks Dzen»
Bollivudning ikki go‘zal aktrisasi Karina Kapur va Priyanka Chopra o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashishi sababi nimada ekanligiga to‘xtalib o‘tamiz.

Ilk bor 2004 yil suratga olingan «Aitraaz» filmida birga ishlashga muvaffaq bo‘lgan aktrisalar bir-biri bilan yaqin bo‘lib ketgan. Keyin har ikkisining ham mashhur bo‘lib ketishi do‘stlikdan ko‘ra raqobatni ustun bilishga sabab bo‘lgan. Priyanka va Karina birgalikda Shohrux Xon bilan «Kim millioner bo‘lishni istaydi?» shousining birinchi mavsum finalida ishtirok etgan.
Bollivud yulduzlari Priyanka va Karina bir-biriga raqobatchi bo‘lishining sababi nimada?
Foto: Getty Images
2007 yilda Karina Priyankani aktrisa sifatida o‘zi bilan teng ko‘rmasligini ta’kidlagan, tabiiyki, Priyanka bunga jim qarab turmagan.
Bollivud yulduzlari Priyanka va Karina bir-biriga raqobatchi bo‘lishining sababi nimada?
Foto: «Yandeks Dzen»
«Bebo mendan katta va yetuk aktrisa, o‘ylashimcha, uning malakasi mening ijrolarimga baho berish imkonini beradi», — degan aktrisa. Shundan keyin u Karinaning «Uchrashganimizda»nomli filmdagi roliga ijobiy baho bergan.
Bollivud yulduzlari Priyanka va Karina bir-biriga raqobatchi bo‘lishining sababi nimada?
Foto: Getty Images
«Karan bilan qahva» shousida Karina Chopraga yana bir bor tosh otgan va uni Shahid Kapurni o‘zidan «olib qo‘yishda» ayblagan. Priyanka bunga javoban Saif ham bir vaqtlar kimningdir sevgilisi bo‘lganini ta’kidlagan.
Bollivud yulduzlari Priyanka va Karina bir-biriga raqobatchi bo‘lishining sababi nimada?
Foto: Getty Images
Karina bilan ajralganidan keyin Shahid Kapur o‘sha vaqtlar Xarma Bavedja bilan munosabatlariga nuqta qo‘yganiga ko‘p bo‘lmagan Priyanka bilan uchrashib yurgan. Ammo juftlik munosabatlarini sir tutishni afzal bilgan. Bora-bora ularning har ikkisi o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib ketgan. Bugungi kunda Karina Saif Ali Xon, Priyanka esa Nik Jonas bilan baxtli hayot kechiradi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar