18:48 / 25.07.2021
5 307

«Sevgi iztirobi» seriali aktyorlari yangi serialda birgalikda suratga tushadi


Foto: YouTube
«Sevgi iztirobi» seriali yangi ish boshlagan prodyuser va rejissyorlarga o‘rnak bo‘ladigan loyihalardan biriga aylandi. Aynan shu serial tufayli ilgari chet el jamoatchiligiga noma’lum bo‘lgan ba’zi aktyorlar dunyo miqyosida shuhrat qozondi, deb yozadi «RusTurkey.com».

2015—2017 yillarda suratga olingan «Sevgi iztirobi» seriali o‘sha vaqtda eng ko‘p sotilgan loyiha hisoblangan. Loyihaning yetakchi aktyorlari Burak O‘zchivit va Neslihan Ataguldan tashqari Kaan Urganjo‘g‘lu va Ugur Aslanning ijrosi ham tomoshabinlarda katta taassurot qoldirgan.

Aynan ushbu ikki aktyor yana Ay Yapim kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan «Sud jarayoni» deb nomlangan yangi loyihada suratga tushadi.

Foto: Pinterest
Qonuniy raqobat mavzusini ochib beradigan serialda Kaan Urganjo‘g‘lu Ilgaz prokurori, Ugur Aslan esa politsiyachi rolini o‘ynaydi. Shunday qilib, «Sevgi iztirobi»dan bir necha yil o‘tgach, Urganjo‘g‘lu va Aslan yana bitta suratga olish maydonchasida uchrashadi.

Foto: Pinterest
Eslatib o‘tamiz, Kaan Urganjo‘g‘lu turkiyalik aktyor va model. Turkiyadaning eng talabgor aktyorlardan biri Kaan Izmirda tug‘ilgan. O‘sha yerda o‘rta maktabni tamomlab, oilasi bilan Amerikaga ko‘chib ketgan. 2000 yilda Kaan Turkiyaga qaytib kelgan va 2007 yilda universitetga o‘qishga kirgan. Aktyor o‘zbek tomoshabinlariga «Sevgi iztirobi» seriali orqali tanish.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Sevgi iztirobi» seriali aktyorlari yangi serialda birgalikda suratga tushadi