16:05 / 17.08.2021
5 941

«Qizaloq va maymoq» dunyo bo‘yicha eng ko‘p tomosha qilingan multfilm bo‘ldi

«Qizaloq va maymoq» dunyo bo‘yicha eng ko‘p tomosha qilingan multfilm bo‘ldi
Foto: «Qizaloq va maymoq» multserialidan kadr
Rossiya multseriallari mamlakatda mashhurlikka erishib, endi G‘arb bozorini ham to‘liq zabt etmoqda. Ularning ba’zilari jamoatchilik tomonidan shunchalik yaxshi kutib olindiki, Amerikaning mashhur multfilmlari, masalan, «Posbon kuchukchalar» va «Sezam ko‘chasi» multseriallarini reytinglardan siqib chiqarmoqda.

«Qizaloq va maymoq» multfilmi nafaqat Rossiyada, balki butun dunyoda juda mashhur bo‘ldi. 2020 yilda u maktabgacha yoshdagi bolalar orasida animatsion ko‘rsatuvlarning kuchli reytingiga kirdi. Bu yil esa qizcha va ayiq haqidagi hikoyalar reytinglardan birining eng yuqori pog‘onasini egalladi. Parrot Analytics xalqaro tadqiqot agentligi xulosasiga ko‘ra, mazkur multfilm dunyodagi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun eng mashhur dasturga aylandi — so‘nggi 60 kun ichida multserialga qiziqish 35 barobarga oshgan!

«Qizaloq va maymoq» multseriali «Cho‘chqacha Peppa» kabi mashhur loyihalarni ham ortda qoldirdi. 2009 yilda efir yuzini ko‘rgan ushbu multfilm hozirgacha 43 tilga tarjima qilingan va Kidz Global tadqiqot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, animatsion film Yevropa, Yaqin Sharq va Afrikadagi bolalar uchun eng mashhur ko‘ngilochar brendlar uchligiga kirgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat