23:13 / 12.09.2021
4 883

Turkiyaning «Eshigimni qoq» seriali rekord bo‘yicha «Taxtlar o‘yini»ni ortda qoldirdi

Turkiyaning «Eshigimni qoq» seriali rekord bo‘yicha «Taxtlar o‘yini»ni ortda qoldirdi
Foto: Pinterest
«Eshigimni qoq» turk serialining oxirgi qismi Twitter rekordini yangiladi. Ommabop mavzular reytingida birinchi o‘rinni egallagan serial #sonkezsençalkapimi xeshtegini oldi.

Xande Erchel va Kerem Bursin ishtirokidagi serialga muxlislar tomonidan 9 million tvit yozildi. Avvalgi rekordchi 7,8 million tvit bilan afsonaviy «Taxtlar o‘yini» seriali bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda ma’lum bo‘ldiki bosh rollarda Kerem Bursin va Xande Erchel ishtirokidagi «Eshigimni qoq» seriali Italiyada «Havodagi muhabbat» nomi bilan namoyish etiladi.

Ko‘plab turk tanqidchilari serialni fenomen deb atagan. Ammo serialning reytingi Turkiyada ancha past bo‘lishiga qaramay, loyiha chet ellik tomoshabinlar mehrini qozondi va ko‘p mamlakatlarda reytingning yuqori o‘rnini egalladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Turkiyaning «Eshigimni qoq» seriali rekord bo‘yicha «Taxtlar o‘yini»ni ortda qoldirdi