08:00 / 13.09.2021
2 644

Tom Kruzni deb sigirlar podasi hushidan ketdi (video)

Tom Kruzni deb sigirlar podasi hushidan ketdi (video)
Foto: «Wallpapercrafter.com»
Tom Kruz ishtirokidagi «Imkonsiz topshiriq» filmini suratga olish jarayonida sigirlar hushidan ketdi. Sigirlar podasi bilan bog‘liq hodisa Angliyadagi milliy bog‘ hududida yuz berdi: u yerda tasvirga olish guruhi filmning yettinchi qismi ustida ishlayotgandi, deb yozadi The Sun.

Syujetga ko‘ra, epizodlarning birida Itan Xant bosh rolini o‘ynaydigan Kruz parashyutda sakrashi kerak edi. Aktyor to‘rtta sakrashni amalga oshirdi. Bu jarayon davomida suratga olish guruhi yuqori chastotali shovqin chiqaruvchi qurilmalarni ishga tushirishga majbur bo‘ldi. Bu aktyorni sakrash paytida uchuvchisiz dronlardan himoya qilishi kerak edi.

Ammo chiqarilgan ultratovush shunchalik kuchli ediki, atrofdagi hayvonlarga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmadi. Yaqin atrofda o‘tlab yurgan o‘nlab sigirlar hushini yo‘qotdi. Uskunani o‘chirgandan so‘ng hayvonlar o‘zlariga kelishdi. Hodisa xavfiga qaramay, mahalliy aholi suratga olish guruhidan shikoyat qilmagan. Tom Kruz Angliya shimoli-g‘arbidagi tog‘li hududni yaxshi ko‘rishini va u yerda bir necha marta bo‘lganini tan oldi.

Avvalroq «Imkonsiz topshiriq-7» filmini suratga olish uchun parovozni ko‘prikdan tashlab yuborishgani haqida xabar berilgandi. Dekoratsiya qurilishi bir necha oy davom etdi.

Yaqinda Buyuk Britaniyada noma’lum shaxslar Tom Kruzning elita avtomobilini o‘g‘irlab ketishdi. Taxminan 100 ming funt sterling (taxminan 1,5 mlrd. so‘m) turadigan BMW aktyor joylashgan mehmonxona yonida va mahalliy politsiya bo‘limidan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda qoldirilgandi. Politsiya ichki kuzatuv tizimi tufayli mashinani tezda topishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq salondagi aktyorning qimmatbaho yuki g‘oyib bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Tom Kruzni deb sigirlar podasi hushidan ketdi (video)