09:35 / 19.09.2021
1 936

Baxshichilikni rivojlantirish uchun nimalar qilindi?

Baxshichilikni rivojlantirish uchun nimalar qilindi?
Baxshichilik san’atini xalqaro darajada o‘rganishga so‘nggi yillarda, ayniqsa, e’tibor kuchaygan. Ayni damda Nukusda bo‘lib o‘tayotgan II Baxshichilik xalqaro festivaliga bo‘lgan qiziqish bunga isbot bo‘la oladi.

Barcha chet ellik mehmonlar milliy qadriyatlarimizga hurmat, hayrat va qiziqish bilan munosabat bildirishmoqda. Mamlakatimizda baxshichilikka alohida bir ilm, yo‘nalish sifatida ahamiyat qaratilyapti.

Bugun, 18 sentabr kuni Nukusda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirokida «Baxshichilik san’atining jahon madaniyati sivilizatsiyasida tutgan o‘rni» mavzusida II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Anjumanga TURKSOY tashkiloti vakillari, turkiy tilli davlatlardan kelgan olimlar, professorlar, san’at arboblari ishtirok etib, o‘zbek baxshichilik san’atiga o‘z munosabatlarini bildirishdi.

Konferensiya davomida baxshichilik san’atiga so‘nggi yillarda ko‘rsatilayotgan e’tibor namunasi sifatida quyidagi amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi:

— «Alpomish» dostonining ming yilligi keng nishonlangan;

— Termiz shahrida bu ulug‘ badiiy obida sharafiga, Samarqand shahrida atoqli baxshilarimiz xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmualari bunyod etilgan;

— «O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi» faxriy unvoni ta’sis qilingan;

— Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida «Doston ijrochiligi» kafedrasi, Termiz shahrida baxshichilik maktabi, Nukus shahrida opera va baxshichilik san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab, respublikamizdagi bolalar musiqa va san’at maktablarida folklor sinflari faoliyat ko‘rsatmoqda;

— Ko‘p tomlik «Qoraqalpoq folklori» to‘plamlari chop etilgan;

— Hozirda 100 tomlik «O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari» majmuasi nashr etilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Baxshichilikni rivojlantirish uchun nimalar qilindi?