22:56 / 28.09.2021
2 678

Moda olamining qiroli Janni Versache qanday qilib hashamat va boylik ramziga aylandi? (foto)

Moda olamining qiroli Janni Versache qanday qilib hashamat va boylik ramziga aylandi? (foto)
Foto: «Domashniy ochag»
O‘tgan asrning 90 yillaridagi liboslar Janni Versachening ishlari jamiyatda yuqori mavqega ega bo‘lganining belgisi edi. Aynan u dunyoga o‘sha davrning ikkita yorqin ramzi — malina rangli pijak va poshnali poyabzal bilan birlashtirilgan legginsni urfga kiritgan. U kolleksiyalarida zanjir va metall to‘rlar, oltin bilan qoplangan elementlar, qora teri, to‘g‘nog‘ich va brosh aksessuarlardan foydalanishni yaxshi ko‘rardi. 90 yillarda bu elementlarsiz garderobni tasavvur qilishning iloji yo‘q edi va garchi ba’zi odamlar uchun Versache nomi qo‘pollik bilan sinonim bo‘lsa-da, u moda olamining qiroli hisoblangan.

Versace oilaviy biznesi
Jovanni Mariya Versache 1946 yil 2 dekabrda Italiya janubidagi kichik shaharchada tug‘ilgan. Uning onasi professional tikuvchi bo‘lib, atelega egalik qilgan. Shuning uchun Janni bolaligidan tikuvchilikni o‘rgandi va 9 yoshida birinchi libosini yaratdi. Ota-onalar o‘g‘lining me’mor bo‘lishini xohladi, lekin 18 yoshidan u onasining studiyasida ishladi va 26 yoshida u Milanda yashay boshladi. Moda poytaxtiga ko‘chib o‘tgach, Janni ukasi va singlisini u yerga ko‘chishga ko‘ndirdi. 1978 yilda Versace moda uyi tashkil etilgach, katta akasi Santo ma’mur va moliyaviy direktor vazifasini o‘z zimmasiga oldi, uning sevimli singlisi Donatella esa fotosessiyalarga, keyin esa Versus yoshlar guruhiga rahbarlik qildi.

Foto: «Domashniy ochag»
Moda uyining ramzi
Janni yoshlik chog‘ida qadimiy san’atni o‘rgangan, shuning uchun moda uyining timsoli sifatida yunon mifologiyasidan Meduza Gorgon tanlangan, uning nigohi odamni toshga aylantiradi. Faqat Versache sochlar o‘rniga ilonli qo‘rqinchli gorgonni emas, balki boshida chiroyli jingalaklari bo‘lgan Gorgon Rondaninini afzal ko‘rdi. Odamlar hayratdan qotib qolgan go‘zal ayolning boshi brendning ramziga aylandi. O‘zining jozibasi bilan Meduza joyida jang qilishi kerak edi.

Foto: «Domashniy ochag»
Jozibadorlik, noodatiylik va hashamat
Gianni Versace brendi ostidagi birinchi to‘plam moda uyi tashkil etilgan yili chiqarilgan. Kiyimlarga pank madaniyati va estrada san’ati elementlari, ko‘plab yaltiroq, charm, bosma chizmalar va yorqin printlar hamrohlik qilgan. Keyinchalik Janni hayvonlar va yulduzli osmon tasvirlarini, portretlarni, o‘simliklarni va turli yozuvlarni faol ishlatgan. Qoplonlar, meandrlar, qadimgi Rim amforalari va xudolar, arava va bog‘larning tasvirlari bitta kiyimda birlashishi mumkin edi. Shunday qilib Versache Kalabriyaning jonli tabiati, antik davr va tarixiy yodgorliklar haqida so‘zlar edi.

Foto: «Domashniy ochag»
1982 yilda Versache ayollar kuz-qish kolleksiyasi uchun «L’Occhio d’Oro» mukofotini oldi. Unda «metall kiyim» tasvirlangan. Dizayner kiyim va aksessuarlar yaratishni boshlagan metall to‘r juda og‘ir edi, ko‘ylakning vazni 8 kilogrammga yetgan. Keyin u Germaniyadan yangi material yaratish ustida ishlagan mutaxassislarni jalb qildi. Jarayon bir necha oy davom etdi, ammo natijada alyumin va jezdan bo‘lgan yangi mato paydo bo‘ldi.

Foto: «Domashniy ochag»
Nyu-Yorkka birinchi marta 1991 yilda tashrif buyurgan dizayner 60 yillarning oxirida Endi Uorxol tomonidan yaratilgan Merilin Monroning portreti ko‘rinishidagi bosma nusxada noyob narsalar to‘plamini yaratdi.

Yulduzlar va eng yaxshi modellar
«U supermodellarni va shoularda oldingi qatorda o‘tirgan yulduzlarni tushunib, modani xalqaro media-platformaga olib chiqdi», — deydi American Vogue jurnalining bosh muharriri Anna Vintur Versache va mashhurlar haqida. Qo‘shiqchi Elton Jon musiqa yozishdan xursand edi, musiqa ostida modellar shohsupaga ko‘tarilardi. Shuningdek, u yulduzlarni reklama fotosessiyalarida ishtirok etishga taklif qilgan birinchi dizaynerlardan biri. Faqat eng yaxshilarini suratga olgan: Madonna, Prins, Demi Mur va hatto Silvestr Stallone.

Foto: «Domashniy ochag»
Janni Versache «top model» atamasiga ham egalik qiladi. Modellar uchun katta to‘lovlarni yozishni boshlagan Janni va Donatellaning yordami bilan Linda Evangelista, Naomi Kempbell, Klaudiya Shiffer, Sindi Krouford, Helena Kristensen davrning yulduziga aylandi. 1991 yilda har bir zamonaviy qiz ularni ismidan bilardi. Vaqt o‘tishi bilan ular nafaqat sevimli modellarga, balki oilaviy do‘stlarga ham aylandi.

Mayami villasidagi qotillik
Qotillikdan olti oy oldin Janni Versache noyob kasallik — ichki quloq saratoni bilan ikki yillik kurashdan so‘ng kompaniyaga qaytdi. U yana moda olamida yetakchi o‘rinni egallashda davom etdi, Versache o‘z brendini dunyo miqyosida tanitishga muvaffaq bo‘ldi. Sotish bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinni egalladi.

Foto: «Domashniy ochag»
1997 yil 15 iyulda ketma-ket qotillik qilgan Endryu Kyunanen Mayamidagi villasida yolg‘iz sayr qilib yurganida Jannining boshidan ikkita o‘q otdi. Versache qurbonlar ro‘yxatida birinchi emasdi. Politsiya Kyunanenning uyini qurshab olganida, jinoyatchi o‘z joniga qasd qilgan edi. Janni Versache vafotidan so‘ng meros opa-singil Donatella va jiyani Allegra Versachega o‘tdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Moda olamining qiroli Janni Versache qanday qilib hashamat va boylik ramziga aylandi? (foto)