22:39 / 03.10.2021
2 802

Tarkan nega sahnalarda ko‘rinmay qolganining sababini ma’lum qildi (foto)

Tarkan nega sahnalarda ko‘rinmay qolganining sababini ma’lum qildi (foto)
Foto: Pinterest
2000 yillarda turk qo‘shiqchisi Tarkan dunyoning ko‘plab mamlakatlarida mashhurlikka erishgan edi. Vaqt o‘tishi bilan uning chiqishlari kamaydi va u sahnalarda ko‘rinish bermay qo‘ydi.

Foto: Pinterest
Ma’lum bo‘lishicha, 48 yoshli xonandaning ahvoli yaxshi: u ko‘p yillik muxlisasi Pinar Dilek bilan turmushidagi qizi – Liyaning tarbiyasi bilan band. Shuningdek, musiqa bilan shug‘ullanishni ham davom ettirmoqda. To‘g‘ri, qo‘shiqchi so‘nggi bir necha yil davomida xitga aylangan taronalarni chiqarmadi. Ammo katta sahnalarda chiqishda davom etmoqda, faqatgina hozirda koronavirus pandemiyasi tufayli ijrochining konsert faoliyati to‘xtatilgan.

Foto: «starhit.ru»
«Men hech qachon sahna, siz va muxlislarimdan ayrilmaganman. Sizning sevgingiz, e’tiboringiz, qarsaklaringiz, ruhimning darmoni bo‘lgan ajoyib energiyangiz bo‘lmasa, men odatdagidek bo‘lmayman. Mendan: «Nega konsert bermaysiz?», deb tez-tez so‘rashadi. Javobim shunday: «Pandemiya ... Bilaman, hozir konsertlar ma’lum qoidalarga muvofiq o‘tkaziladi, lekin men muxlislarim salomatligini xavf ostiga qo‘yishni xohlamayman. Ishonamanki, yaqin kelajakda biz yig‘ilib, sahnani to‘ldiramiz va hech kim bizni ushlab turolmaydi. Qachonki bu virusni nazorat ostiga olsak, hayot normal holatiga qaytadi. Biz uchrashamiz, sabrli bo‘ling!», – deydi Tarkan o‘zining shaxsiy blogida.

Foto: Pinterest
Shuningdek, xonandaning o‘zi obunachilariga sog‘lig‘i va koronavirusga qarshi emlangani haqida xabar bergan.

Foto: «Kral muzik»
«Avvaliga men bu vaksina haqida ko‘p o‘yladim, keyin tushundimki, u har kuni minglab odamlarning hayotini qutqaradi. Emlash – pandemiyaga qarshi kurashishning asosiy usullaridan biri», – deydi u. Konsertlarni birozga to‘xtatgan Tarkan butun vaqtini qarindoshlariga, xususan, uch yoshli qiziga bag‘ishlaydi.

Foto: «starhit.ru»
«Biz birgalikda kitob o‘qiymiz. Bu, albatta, qiziqarli va yoqimli. Bolalarda yoshligidan mutolaaga bo‘lgan muhabbatni uyg‘otish kerak. Eng yaxshi usul, menimcha, ular bizning ham o‘qiyotganimizni ko‘rishga imkon berish. Chunki ular har doim bizdan o‘rnak oladi», – deya ta’kidlaydi xonanda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Tarkan nega sahnalarda ko‘rinmay qolganining sababini ma’lum qildi (foto)