
Italiyaning mashhur Bvlgari brendi 2021 yilning yozida Priyanka Choprani yangi maxsus vakili deb e’lon qilgandi.

Foto: Elle
Aktrisa allaqachon vakil sifatida faoliyatini boshlab yuborgan va bir qancha tadbirlarda brend nomidan ishtirok etgan. Shu jumladan, u Bvlgari’ning shayx xonim Fatima bint Xazza ben Zaid Al Nahayyan bilan hamkorlikdagi Jannah zargarlik buyumlari kolleksiyasining taqdimotida ham qatnashgan.

Foto: Elle
Priyanka unda ishtirok etish uchun Hindistondagi Divali bayramidan so‘ng Dubayga uchib ketgan. Aktrisaning marosim uchun tanlagan obrazi o‘ziga xosligi bilan e’tibor jalb qilgan.

Foto: Elle
Hamkorlik asosida yasalgan taqinchoqni tanlagan Chopra xonim obraz borasida mashhur stilist Lou Rouchga murojaat qilgan. U Priyanka uchun arxitektura namunasiga o‘xshaydigan Benchella brendi libosini afzal bilgan. Bichimi noaniq bo‘lgan sabzirang libos kapyushonli kimononi esga soladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar