12:49 / 19.11.2021
5 122

Xonanda Adel Opra Uinfriga bergan intervyusida qanday qilib 45 kiloga ozgani haqida so‘zlab berdi

Xonanda Adel Opra Uinfriga bergan intervyusida qanday qilib 45 kiloga ozgani haqida so‘zlab berdi
Foto: «Vogue.com»
Britaniyalik mashhur xonanda Adel teleboshlovchi Opra Uinfriga intervyu berdi, deb yozadi «Korrespondent.net».

Xabarlarga ko‘ra, o‘tgan vaqt mobaynida ijrochi Saymon Konekki bilan ajrashdi, sezilarli darajada vazn tashladi va yangi albomini chiqardi. Uning hayoti va tashqi ko‘rinishi borasidgi o‘zgarishlar ommaviy axborot vositalari tomonidan faol muhokama qilindi, shuning uchun Adel birinchi marta hamma narsa haqida batafsil aytib berishga qaror qildi.

Jismoniy mashg‘ulot tufayli 45 kiloga ozgan xonandaning tashqi ko‘rinishi mish-mishlarning asosiy mavzusiga aylangan edi. «Ajrimdan so‘ng men vaqti-vaqti bilan dahshatli qayg‘ularga duch keldim. Ular meni falaj qildi, o‘z tanamni nazorat qila olmadim», – deydi qo‘shiqchi.

Oxiri sport zalidagi mashg‘ulotlardan so‘ng Adel ruhiy jihatdan yengillashganini payqab yetdi va har kuni u yerga borishni boshladi.
Shuningdek, musiqachi o‘z tanasiga g‘amxo‘rlik qilayotganida tanqidlarga uchraganini, ammo bunga hech qanday munosabat bildirmaslikni o‘rganganini ta’kidladi.

«Bu meni hayratlantirmaydi, xafa ham qilmaydi. Kareram davomida har doim kimdir uchun juda semiz yoki nozik, ehtirosli yoki sovuqqon bo‘lib kelganman. Men boshqalarning o‘z tanasiga qanday munosabatda bo‘lishini baholashga harakat qilmayman. Afsuski, kimdir o‘z komplekslari tufayli azob chekayotgan bo‘lsa-da, bu mening ishim emas. Men o‘z hayotimni yashayman», — deydi Adel.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xonanda Adel Opra Uinfriga bergan intervyusida qanday qilib 45 kiloga ozgani haqida so‘zlab berdi