18:07 / 19.11.2021
10 274

Turk aktyori Burak O‘zchivit hamkasblarini haqorat qilgani uchun 4 yilga qamalishi mumkin

Turk aktyori Burak O‘zchivit hamkasblarini haqorat qilgani uchun 4 yilga qamalishi mumkin
Foto: Instagram / @burakozcivit
O‘zbek muxlislariga «Sevgi iztirobi», «Choliqushi» serialidagi roli bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan Burak O‘zchivit hamkasblarini haqorat qilgani sabab qamoqqa olinishi mumkin.

Avvalroq Burak O‘zchivitning ayni vaqtda suratga olish ishlari davom etayotgan «Qurilish: Usmon» serialidagi hamkasblari uni haqorat qilganlikda ayblab, politsiyaga shikoyat qilgani haqida xabar berilgandi. Bu voqea 2020 yil dekabrda sodir bo‘lgan bo‘lib, jamoadagi operator yordamchisining so‘zlariga ko‘ra, Burakning og‘zidan chiqqanlarni eshitib, suratga olish maydonchasidagilar shokka tushib qolgan va hech kim lom-lim deya olmagan.

Turkiyaning NTV kanalining ma’lum qilishicha, Istanbuldagi Beykoz tumani bosh prokuraturasi suratga olish jamoasining shikoyatini ko‘rib chiqqan. Suratga olish jamoasi so‘roq qilinganidan keyin davo ochilgan. Unga ko‘ra, O‘zchivit 4 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Yaqin kunlarda birinchi sud yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Burak O‘zchivit va Fahriye Evjenning o‘g‘li Karan taglik reklamasida suratga tushgani, uning 5 soniyalik ko‘rinishi uchun katta miqdorda mablag‘ to‘langani haqidagi ma’lumot rezonans keltirib chiqargani haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Turk aktyori Burak O‘zchivit hamkasblarini haqorat qilgani uchun 4 yilga qamalishi mumkin