2 212
30 dollarga sotib olingan suratning haqiqiy narxini ekspertlar 50 million dollarga baholashdi
Foto: Elle
Tasavvur qiling-a, shahardagi mebel va interer buyumlari sotuvi orasida tasodifan «antik davr» asarlariga o‘xshash chiroyli suratga duch kelasiz. Va buni atigi 30 dollarga sotib olasiz. Ammo keyinroq millioner bo‘lib uyg‘onishingiz mumkinligini bilib qoldingiz, chunki xarid qilingan arzongina asar 50 million dollardan kam bo‘lmagan suratning asl nusxasi.
Ana shunday hikoya Massachusets shtatida yashovchi fuqaroning hayotida ro‘y berdi. Agnews galereyasining ma’lumotlariga ko‘ra, u to‘rt yil avval Uyg‘onish davri nemis rassomi Albrext Dyurerning asarini sotib olgan. Asar allaqachon Dyurer ijodi bo‘yicha yetakchi ekspertlar – Britaniya muzeyi kuratori Juliya Bartrum va Vena Albertina muzeyi bosh kuratori Kristof Metsger tomonidan haqiqiy deb topilgan.
The Art Newspeper ma’lumotlariga ko‘ra, surat 1503 yilda Dyurerning «Parizod va o‘tli qirg‘oqdagi gul tutgan bola» akvarelining xomaki nusxasi sifatida yaratilgan. Asarning oxirgi narxi hali belgilanmagan, biroq surat egasi uning haqiqiyligini to‘liq tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan uch-to‘rt yillik tadqiqot davomida tovon puli oladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi