12:00 / 24.11.2021
1 638

Xonanda Adelning yangi albomi AQSHda yilning eng ko‘p sotilayotgan plastinkasiga aylandi

Xonanda Adelning yangi albomi AQSHda yilning eng ko‘p sotilayotgan plastinkasiga aylandi
Foto: People Talk
Xonanda Adelning olti yillik sukuti, albatta, bunga arziydi! Uning yangi «30» deb nomlangan albomi sotuvga chiqarilganidan 5 kun o‘tib, barcha rekordlarni yangiladi. Billboard ma’lumotlariga ko‘ra, bu vaqt ichida albom 500 000 dan ortiq nusxada sotilgan va Teylor Sviftning rekordini ortda qoldirgan. Endi «30» 2021 yilda eng ko‘p sotilgan albom hisoblanadi.

Uning yangi kompozitsiyalari chiqishini butun dunyo kutgandi — 10 million tomoshabin ikki soatlik maxsus «Adele One Night Only» nashrining onlayn translyatsiyasini tomosha qildi, unda Adel o‘zining eng yaxshi qo‘shiqlarini ijro etdi va Opra Uinfriga intervyu berdi.

Foto: Pinterest
Xonandaning aytishicha, «30» albomi turmush o‘rtog‘i bilan ajrashishi va o‘g‘liga bag‘ishlangan. «Albom o‘g‘lim Anjeloga bag‘ishlangan. Men hamma narsani qo‘shiqlar orqali aytib berishim kerakligini angladim. U aslida nima bo‘layotganini aniq tushundi. Har holda, o‘zimni hammasi yaxshi ketayotgandek ko‘rsatsam ham», — deydi Adel.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xonanda Adelning yangi albomi AQSHda yilning eng ko‘p sotilayotgan plastinkasiga aylandi