17:27 / 26.11.2021
2 420

45 kilo vazn tashlagan Adelning taomnomasi: xonanda kun davomida qanday ovqatlanadi?

45 kilo vazn tashlagan Adelning taomnomasi: xonanda kun davomida qanday ovqatlanadi?
Foto: Vogue
Britaniyalik xonanda Adel avval ijodi sabab muxlislar sevgisiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, endilikda butun dunyo uning tashqi ko‘rinishidagi keskin o‘zgarishdan hayratlanmoqda. Xonanda naqd 45 kilo ozish bilan birga, o‘ziga xos bo‘lgan uslubni saqlab qolishning ham uddasidan chiqqan.

Bunga mashg‘ulotlar bilan shug‘ullangani, maxsus ovqatlanishga amal qilgani orqali erishgani ta’kidlansa-da, uning o‘zi aynan qanday ozgani haqida hali hech nima demagan.

Avvalroq xonanda Vogue jurnalistlarining 73 ta savoliga javob berdi. Berilgan savollar orasida qanday qilib sarvqomat bo‘lishning uddasidan chiqqani haqidagi savol ham bor edi. Qisqa videoda Range Rover mashinasidan qog‘oz paketlarni olgan Adel keyinroq oshxonasida mahsulotlarni paketdan chiqarganini ko‘rish mumkin. Xonanda unda qog‘oz paket ichidan sabzavotli sho‘rva tayyorlash uchun ko‘katlar, qovoq, bulg‘ori qalampiri va qovoqcha, shuningdek, bodring va avokado oladi.

O‘zi qattiq parhezga amal qilishiga qaramay, o‘g‘li uchun pishloqli tayoqchalar, sutli kokteyl, shirin bo‘tqa va suli sotib olishini ta’kidlagan qo‘shiqchi Los-Anjelesda Marks & Spencer Food’dan xarid qilishni qo‘msayotganini qo‘shimcha qilgan. Xarid qilingan mahsulotlardan kelib chiqib, Adelning qanday ovqatlanishi haqida xulosa qilsa bo‘ladi.

U o‘zi bilan bog‘liq o‘zgarishlar va ijobiy natijaga erishish uchun 2 yil ketgani haqida ma’lumot bergan. «Bu mendagi xavotir tufayli sodir bo‘ldi. Mashg‘ulotlarga borib men shunchaki o‘zimni yaxshiroq his qilishim mumkin edi. Bu ozish bilan bog‘liq emasdi, maqsad kuchliroq bo‘lish va har kuni telefonsiz, imkon darajasida o‘zimga ko‘proq vaqt ajratish edi. Mashg‘ulotlarga mukkasidan ketdim va kuniga ikki yoki uch marta shug‘ullana boshladim».

Sport bilan muntazam shug‘ullanishdan tashqari, xonanda shahzoda Garri va Pippa Middlton sinab ko‘rgan sirtfud-parhezga ham amal qilgan. Ushbu parhez organizmda moddalar almashinuvini jadallashtiruvchi, mushaklar tonusini yaxshilab, ochlik hissini kamaytiruvchi sirtuinlarning ishlab chiqarilishini faollashtirishga qaratilgan. Bunday parhezga amal qiluvchilarning sovitkichidan tovuq, yog‘siz go‘sht, grechka, soya, avokado, ko‘katlar, piyoz va sarimsoq, shuningdek, mevalar, qora shokolad o‘rin olishi kerak. Qolaversa, hafta davomida kuniga yarim soat sport bilan shug‘ullanish, zararli ovqatlardan voz kechish muhim sanaladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 45 kilo vazn tashlagan Adelning taomnomasi: xonanda kun davomida qanday ovqatlanadi?