3 638
Davron Kabulov kashf etgan iste’dod Farruh Fazel — boyning bolasi emasligi, Rossiyada muhojir bo‘lgani haqida
Foto: Instagram / @fazel_farrukh
Farruh Fazel «Bor ana» va «Rolex Gucci» qo‘shiqlariga ishlangan kliplar bilan o‘zbek shou-biznesida «portlab» chiqqandi. U ijodiy mahsulotdan mablag‘ ayamaydigan ijodkor ekanini ko‘rsatgani bilan ko‘pchilikning e’tiboriga tushgandi. Negadir keyingi paytlarda xonanda ijodida sokinlik hukm surmoqda. Nargizaxon Murodova ijodkor bilan suhbatlashib, bunga oydinlik kiritdi.
«Fazel taxallus emas, familiyam»
— Fazel taxallusingizmi degan savolni ko‘p berishadi. Yo‘q, bu mening familiyam. Millatim afg‘on bo‘lgani bois to‘liq ism-sharifim Farruh Fazel Haq. Oilamizda ijodkorlar yo‘q. Dadam kichik biznes bilan shug‘ullanadi. Onam esa ancha yillardan buyon ayollar sartaroshi bo‘lib ishlaydi. Oilada uch o‘g‘ilmiz, ikki ukam bor.
San’atga bolaligimdan qiziqqanim uchun maktabni tamomlab, Toshkent estrada-sirk kollejiga o‘qishga kirdim. Kollejni tamomlagach, san’atkor bo‘lish fikridan qaytdim. Bunga moddiy imkoniyatimning yetarli emasligi sabab bo‘ldi.
«Boyning bolasi emasman!»
— Instagram’dagi rasmlarimni ko‘rib ko‘pchilik meni boyning bolasi deb o‘ylaydi. Aslida Chirchiqdagi oddiy, kamtarona oilada ulg‘ayganman. Kollejni tamomlach, hayotimni o‘zgartirgim keldi. Shu bois, Rossiyaga ishlashga ketdim. 2012 yildan muhojirlik kunlarim boshlangan. O‘sha yili pulim yo‘qligi uchun institutga ham hujjat topshirmadim. Bir yarim yil qurilishda ishlab, o‘qishga hujjat topshirish uchun pul to‘pladim. U yerda ishlash oson emas, muhojirlikda pul topayotgan insonlarning dardini juda yaxshi tushunaman.
«Yuridik sohani tanladim»
Foto: Instagram / @fazel_farrukh
— Erkak kishi jiddiyroq kasbda ishlashi kerak, deb yuridik sohani tanladim. To‘rt yil tahsil olib, 2017 yili Toshkentga qaytib keldim. Besh yildan ortiqroq vaqt mobaynida xorijda yashab, dunyoqarashim ham o‘zgardi. Hayotga yanada, real ko‘z bilan qarashga o‘rgandim. Ammo O‘zbekistonda egallagan mutaxassisligim bo‘yicha ishlay olganim yo‘q. Ammo qachondir yurist bo‘lib ishlash niyatim bor. Hammasini vaqt ko‘rsatadi.
«Davron Kabulov prodyusserim»
Foto: Instagram / @fazel_farrukh
Davron Kabulov bilan qarindoshimning to‘yida uchrashib qolganmiz. Qo‘shiqlarimni eshitib, hamkorlikda ishlashni taklif etdi. Davron akaning g‘oyasi asosida 2020 yili «Bor ana» qo‘shig‘i va klipini yaratdik. Munisa Rizayeva ham Davron akaning taklifiga ko‘ra klipda suratga tushib berdi. «Yosh ijodkorni qo‘llab-quvvatlaymiz», — degandi. Undan keyin «Rolex Gucci» klipini yaratdik. Klip g‘oyasi ham Davron Kabulovga tegishli. Ikki klip ham katta budjet evaziga suratga olingan. Bu mablag‘lar prodyusserim Davron Kabulov tomonidan sarflangani uchun ularning qancha ekanini bilmayman.
«Million bilan ovora»
Keyingi paytlarda Davron aka «Million» jamoasining konserti bilan ovora bo‘lib qoldi. Shu bois, biroz uzilish bor. Ammo ijodni to‘xtatganim yo‘q. Yaqin kunlarda «Sog‘indim yana» qo‘shig‘iga ishlangan klipim namoyish etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»