18:18 / 03.12.2021
3 175

«Sevgi iztirobi» yulduzi Neslihan Atagul ayol haydovchini ishga yolladi

«Sevgi iztirobi» yulduzi Neslihan Atagul ayol haydovchini ishga yolladi
Foto: Turk Dizi
O‘zbek muxlislariga «Sevgi iztirobi» va «Elchining qizi» seriallaridagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Neslihan Atagul shaxsiy haydovchi yollashga qaror qildi.

Aktrisa salomatligidagi muammo sabab «Elchining qizi»ni suratga olish jarayonlarini tark etgan edi. Uning haydovchi yollagani emas, erkak xodimni ishga olishni istamagani ko‘pchilikning hayratiga sabab bo‘lgan.

Neslihanning aytishicha, ayol haydovchi bilan u o‘zini bemalol his qiladi. Jurnalistlar unga bu qarorni o‘zingiz qabul qildingizmi yoki turmush o‘rtog‘ingiz undadimi, deb savol bergan. Aktrisa bunga javoban tabassum qilib, shaxsiy qarori ekanini ta’kidlagan.

Yangi haydovchining ismi Didem, uni o‘z ishining ustasi deb atasa ham bo‘ladi. Uning muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda endi boshqalar ham Neslihandan namuna olib, ayol haydovchini ishga olishi mumkinligini taxmin qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Sevgi iztirobi» yulduzi Neslihan Atagul ayol haydovchini ishga yolladi