15:25 / 08.12.2021
3 013

Bollivud yulduzi Katrina Kaif o‘zidan 5 yosh kichik aktyorga turmushga chiqmoqda

Bollivud yulduzi Katrina Kaif o‘zidan 5 yosh kichik aktyorga turmushga chiqmoqda
Foto: «Yandeks Dzen»
Hind aktrisasi Katrina Kaif kinosanoatning boshqa bir vakili Viki Kaushal bilan oila qurishga qaror qildi.

«Toki hayot ekanman», «Tezlik-3», «Ko‘hinur olmosi izidan» singari filmlardagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa bir vaqtlar Salmon Xon, keyinroq esa Ranbir Kapur bilan uchrashgan. U bilan munosabatlariga nuqta qo‘ygandan keyin esa shaxsiy hayoti bilan bog‘liq ma’lumotlarni sir tutishga uringan. Sal avvalroq aktrisa «Masaan», «Zubaan» filmlarida suratga tushgan Viki Kaushal bilan 2019 yildan buyon uchrashib yurgani va ularning turmush qurishga qaror qilgani haqida mish-mish tarqalgan.

Foto: «Yandeks Dzen»
Mish-mishlar bejizga emasligi va juftlik munosabatlarini shu hafta nikoh rishtalari bilan mustahkamlashi ma’lum bo‘ldi. Aktrisaning barcha qarindoshlari allaqachon Hindistonga uchib kelgan. Bo‘lajak er-xotin marosimni o‘tkazish uchun Rajaston shtatiga jo‘nagan. Tashrif buyuruvchilar uchun mehmonxonadagi 42 ta nomer uch kunga band qilingan.

Striming platformalaridan biri to‘y suratlari uchun Katrinaga 1 milliard rupiy (13 million dollar) taklif qilgan. G‘arbdagi yulduzlar orasida to‘ydagi foto va videolarni sotish keng tarqalgan, ammo Kaifning bunga rozi bo‘lish yoki bo‘lmasligi hozircha noma’lum.

Foto: «Yandeks Dzen»
Ma’lumot uchun, Katrina Kaif 1983 yilda Gonkongda hindistonlik Muhammad Kaif va ingliz millatiga mansub Syuzanna Tyurkott oilasida tug‘ilgan. O‘z karerasini 14 yoshida model sifatida boshlagan Kaif ilk bor 2003 yil «Bum» filmida suratga tushgan. Uning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Viki Kaushal esa 1988 yilda Mumbayda dunyoga kelgan. Rajiv Gandi nomli texnologiya institutini tamomlagan Viki aktyor sifatidagi faoliyatini 2012 yilda suratga olingan «Vasseypur to‘dalari» filmida rol ijro qilishdan boshlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bollivud yulduzi Katrina Kaif o‘zidan 5 yosh kichik aktyorga turmushga chiqmoqda