16:29 / 18.02.2015
15 922

«Forsaj» filmi qahramoni Vin Dizel haqida siz bilmagan ma’lumotlar

«Forsaj» filmi qahramoni Vin Dizel haqida siz bilmagan ma’lumotlar

U ajoyib qaddi-qomatga ega bo‘lgani va tashqi ko‘rinishidan badjahl ko‘ringani bois bo‘lsa kerak, 2000 yildan boshlab jangari filmlarning eng taniqli aktyorlaridan biri sanaladi. Dizelni "Qora tuynuk”, "Forsaj”, "Uch iks”, "Tanho”, "Riddik yilnomalari” va "Taqirbosh enaga: maxsus topshiriq” filmlari mashhur qildi. Sengzor.uz saytidagi ma’lumotlar asosida sevimli kinoaktyoringgiz haqidagi qiziqarli faktlarni sizning hukmingizga xavola qilamiz.

1. Haqiqiy ismi Mark Sinkler Vinsent 1967 yilning 18 iyulida Nyu-York tumanlaridan biri bo‘lgan Grinvich-Villijda kambag‘al oilada tug‘ilgan.

2. U kichkinaligidan o‘ziga mutlaqo o‘xshamagan egizak akasi Pol bilan birga psixiatr bo‘lib ishlaydigan va nujumshunoslik bilan shug‘ullanuvchi onasi Deloraning qo‘lida o‘sdi. Oila Nyu-Yorkdagi uylardan birida yashar, pul etishmovchiligidan qiynalardi.

3. Bo‘lajak aktyor haqiqiy otasi kimligini bilmasdi. Dizel otasining kelib chiqishi hozirgacha aniq emas: bir taxminga ko‘ra, Dizel yarim italiyaamerikalik, boshqa farazga qaraganda, uning ajdodlari orasida nemislar, italiyaliklar, irlandlar, meksikaliklar va dominikanlar bo‘lgan.

4. Dizelning aktyorlikka moyilligi 1970 yilda, uning uch yoshida sezildi. O‘shanda sirkka borishgan, bola sal bo‘lmasa tomosha ko‘rsatayotgan guruh bilan birga chiqish qilgan bo‘lardi. Uni onasi ushlab qoldi.

5. Vin Dizelning sahnaga kelishi mutlaqo tasodifan ro‘y bergan. U 1974 yili, 7 yoshda bo‘lganida, o‘ziga o‘xshagan bolalar to‘dasi bilan sahnada foydalaniladigan anjomni qo‘lga kiritish uchun teatrda paydo bo‘ldi. Aksiga olib, sahna repetisiya qilayotgan odamlar bilan band edi. Vin Dizel guruhi rejissyorning e’tiborini tortdi. Bu rejissyor ayol polisiya chaqirish o‘rniga bolalarni yoniga chorladi. Ularning qo‘liga ssenariy berib, rollar bo‘yicha matnni o‘qishga majbur qildi. Hammadan ko‘ra Vinning ijrosi yaxshi chiqdi va ayol uning sahnadagi har bir chiqishi uchun 20 dollardan berishni taklif qildi.

6. Ko‘p o‘tmay, Vin Dizel ishtirokida yangi – "Dinozavr uchun eshik” nomli birinchi spektakl premerasi bo‘lib o‘tdi. Vinning ijrosi shu qadar muvaffaqiyatli chiqdiki, u aynan shu lahzadan boshlab aktyorlik haqida o‘ylay boshladi.

7. Vin 17 yoshgacha teatr sahnasida o‘ynab, mahoratini oshirib bordi. Bu borada unga o‘gay otasi ko‘p yordam berdi.

8. Vin Dizelning shaxsiy hayoti aktyorlik faoliyatidan farqli o‘laroq, unchalik omadli kechmadi. U bolaligida novcha, ozg‘in, boz ustiga, uyatchan fe’l-atvorga ega edi. Shu bois, voyaga etgach, maktabda sevib qolgan tengdosh qizga yaqinlashishga jur’at qila olmasdi. Akasi Pol esa uning aksi, diskotekalarda ancha ko‘zga ko‘rinib qolgandi. Shuning uchun Vin Dizel sport zallarida zo‘r berib shug‘ullandi.

9. 1984 yilda, 17 yoshida bo‘lajak aktyor teatrdagi ish mo‘may daromad olib kelmasligini anglab etdi. Bu paytda u anchayin gavdali, mushakdor yigitga aylangandi. Shu bois, Manxettendagi dong‘i chiqqan "Tunnel” tungi klubiga mast-alastlarni chiqarib tashlovchi qo‘riqchi sifatida ishga kirishi juda oson bo‘ldi.

10. Aynan shu fursatdan boshlab ism-sharifini "Ven Dizel” deb o‘zgartirdi, sochini batamom qirdirib yurishni odat qildi. Uch yillik mazkur faoliyati mobaynida shaxsiy hayotda muvaffaqiyatga erishdi, shuningdek, bir nechta mushtlashuvlarda qatnashishga ulgurdi.

11. Vin Dizel birvarakayiga Xanter kollejiga kirib, ingliz tili va mumtoz adabiyotni o‘rgana boshladi. Ssenariy yozishni o‘zlashtirdi, bu keyinchalik, aktyor aytganidek, rollar yozishda o‘z qobiliyatidan foydalanishda asqotdi.

12. 1987 yili u kollejdagi o‘qishi va joniga tekkan ishini tark etdi. Kino yulduzi bo‘lish orzusida qadrdon Nyu-York shahridan Los-Anjelesga yo‘l oldi.

13. Ammo Vin Dizelning aktyorlik mahoratini Hollivudda hech kim munosib baholamadi. Shu bois, ma’lum vaqtgacha ishsiz yurib, qarzga botgan Vin televideniega teledo‘kon sotuvchisi bo‘lib ishga kirdi. U bir yil mobaynida o‘zini ancha ko‘rsatdi. Hatto kuniga 18 soatlab ishladi. Yaxshigina pul topdi Biroq Vin sotuvchi va kino yulduzi – yaxlit tushuncha emasligini yaxshi tushunardi. U Nyu-Yorkka qaytdi.

14. Vin Dizel kinodagi ilk (kichik) rolini 1990 yili Penni Marshallning "Uyg‘onish” filmida ijro etdi. Ko‘zga tashlanmaydigan sanitar rolini o‘ynagan aktyor, hatto kinotasma ro‘yxatida ham ko‘rsatilmadi. Film keyinroq "Oskar”ga da’vogarlik qildi.

15. Onasi Vinga unga Rik Shmidtning "Eski avtomobil narxida film yaratilishi” kitobini sovg‘a qildi. U o‘g‘liga o‘z kuchi bilan kamroq pulga ham kino suratga olish mumkinligini tushuntirmoqchi edi. Aktyorga bu g‘oya yoqib qoldi va kitobni diqqat bilan o‘qib, "Daydilar” nomli to‘liq metrajli film ssenariysini yozish uchun o‘tirdi. Biroq ko‘p o‘tmay, bu ishni tugatishga kuchi etmasligini angladi. Qisqa metrajli film olishga kirishdi. 1995 yili, bor-yo‘g‘i bir necha kun ichida ssenariy yozdi va "Ko‘p qiyofali” filmini suratga oldi. Uning musiqasini ham o‘zi yozdi.

16. 3000 dollar sarflangan 20 daqiqalik filmda bosh rol – Maykni Vinning o‘zi o‘ynadi. Suratga olish chog‘ida Vin atrofdagilardan ko‘plab ta’na, dashnomlar eshitdi. Shu bois, filmni oxirigacha ishlamay, ma’lum vaqtgacha tashlab qo‘ydi. Faqat o‘gay otasining qo‘llab-quvvatlashi tufayli uni suratga olib tugatdi.

17. Manxettendagi 200 kishilik kinoteatrda namoyish etilgan mazkur qisqa metrajli kinoasar ijobiy baholandi. U o‘sha yili may oyida Kann kinoanjumanida ko‘rsatildi. Oradan to‘rt yil o‘tgach, film disklar orqali AQSh bo‘ylab tarqalib ketdi.

18. Aynan "Ko‘p qiyofali” filmining muvaffaqiyati tufayli Vin Dizel Los-Anjelesga qaytdi va teledo‘kon sotuvchisi sifatida pul ishlab topa boshladi. Bu pullarga ilk loyihasi – "Daydilar”ni ekranlashtirmoqchi bo‘ldi. 1996 yili, g‘ayrat bilan qilingan sakkiz oylik mehnatdan so‘ng u do‘sti Jon Seyl bilan filmni suratga olish mumkin bo‘lgan mablag‘ – 50 ming dollar ishladi.

19. Vin Dizel "Daydilar”da bosh rol – Rikni ijro etdi. 1997 yil boshida – 18 yanvarda film "Sandes” kinoanjumanida namoyish etildi. Unga yuksak baho berilib, filmni "aylantirish” uchun Vinda qo‘shimcha mablag‘ paydo bo‘ldi. Ammo sotuv uncha yuqori emasdi. Pulga muhtojlik sezgan Vin Dizel yana Nyu-yorkka qaytdi.

20. "Jangchi Rayanning qutqarilishi” beshta "Oskar”ni qo‘lga kiritdi. Vin Dizel ko‘zga ko‘rindi.

21. 2000 yil boshlarida Vin Dizel ishtirokida birvarkayiga uchta film namoyish etildi. U bosh rolni o‘ynagan "Jahannam tuynugi” fantastik filmi halokat tufayli noma’lum sayyoraga tushib qolgan kosmik sayyohlar guruhi haqida. Jismoniy jihatdan qaddi raso Vin Dizel, sayyorada yashaydigan yovuz mavjudotlardan farqli o‘laroq, qorong‘ida ham ko‘ra oladigan va sayyohlarni xalos etishi mumkin bo‘lgan jinoyatchi Richard B.Riddik rolini o‘ynadi. Suratga olish paytida, aktyor qo‘lini chiqarib qo‘yishiga bir bahya qoldi.

22. 2001 yili Vin Dizel o‘z muvaffaqiyatini mustahkamladi. O‘sha yili 18 iyunda rejissyor Rob Koenning "Forsaj” filmi ekranlarga chiqdi.

23. "Forsaj” muvaffaqiyati tufayli Vin Dizel bir necha million dollardan iborat birinchi gonorarini qo‘lga kiritdi. Ammo filmning keyingi qismida uning nomzodi ko‘tarilganida... Universal Pictures kompaniyasi vakillari hisoblashicha, film yutug‘ini Vin Dizel ijrosi emas, balki mashina va quvg‘inlarning ko‘pligi ta’minlagan. Kompaniya aktyorning arzon narxga qaytishidan umidvor edi.

24. 2003 yil yozida ekranlarga chiqqan Jon Singltonning 76 million dollarlik byudjetga ega "Qo‘sh forsaj” esa prokatda 236 million dollar yig‘ib, birinchi filmdan ham o‘zib ketdi.

25. Bungacha Vin Dizel ishtirokidagi boshqa filmlar ham namoyish etilgandi. Jumladan, "Mushti yo‘g‘onlar” 1999 yilda suratga olingan, namoyishi orqaga tashlab kelinardi. Dizel unda Bruklindagi mafiya rahnamosi o‘g‘lining do‘sti Teylor Rizni o‘ynagandi. 2002 yil 9 avgustda rejissyor Rob Koenning "Uch iks” filmi namoyish etildi. Vin Dizel unda Jeyms Bondga o‘xshab ketadigan superqahramon Ksander Keyjni o‘ynadi.

26. Vin Dizel o‘ziga xos bo‘lmagan janrdagi "Taqirbosh enaga: maxsus topshiriq” oilaviy komediyada rol o‘ynadi. Aktyor hukumat uchun ishlovchi olim va uning besh nafar bolasini qo‘riqlaydigan sobiq dengiz piyodasi Sheyn Vulfni talqin etdi. Film prokati muvaffaqiyatli chiqdi: sarf-xarajatlar qoplanib, 200 million dollarga yaqin pul yig‘ildi.

27. Shundan so‘ng Dizel "Meni aybdor hisoblang” filmida gangster Jek DiNorshioni o‘ynadi. 2006 yilning 16 iyunida "Uchlik forsaj: Tokio drifti” premerasi o‘tkazildi. Vin Dizel faqat film oxirida paydo bo‘ldi. Uning ism-sharifi, hatto yozilmagandi.

28. 2007 yildan e’tiboran aktyor o‘z faoliyatida ta’tilga chiqdi. Shundan so‘ng bir-ikki filmda ko‘rinib turdi. Yillar o‘tib esa "Forsaj-4” va "Forsaj-5” filmlari bilan faoliyatini davom ettirdi. Millionlab muxlislar Dizelning ajoyib ijrosidan bahramand bo‘ldilar. "Forsaj-5” premreasi 2013 yilning 5 sentyabrida bo‘lib o‘tdi.

29. "Forsaj” filmini suratga olish chog‘ida Vin Dizel aktrisa Mishel Rodriges bilan tanishib, ikki o‘rtada muhabbat paydo bo‘ldi. Ularni ajratish go‘yo mumkin emasdi. Biroq ko‘p o‘tmay, oradagi rishtalar uzildi. Mishel Rodriges bir-birilariga mos kelmasliklari haqida bong urdi.

30. Dizelning keyingi mahbubasi "Uch iks”da kichik rolni ijro etgan chex modeli Pavla Xarbkova bo‘ldi. Ularning munosabati film ekranlarga chiqqanidan so‘ng bog‘landi. Xuddi avvalgisi kabi Vin Dizelning bu sevgisi ham uzoqqa cho‘zilmadi. Ayriliq sababi aktyorning safarga ko‘p chiqishiga borib taqaldi.

31. 2008 yil 2 aprelda Vin Dizel ota bo‘ldi. Uning mahbubasi – meksikalik fotomodel Paloma Ximenes qiz sovg‘a qilgandi. 2010 yili Paloma Dizelga o‘g‘il ham tuhfa etdi.

32. Vin Dizelning egizak akasi Pol Vinsent Hollivudda aktyor emas, montaj ustasi bo‘lib ishlaydi.
Vinning "Qora tuynuk”da rol o‘ynashga rozi bo‘lganining sabablaridan biri filmning sevimli kinoasari "Telba Maks” ishlangan joyda suratga olinishida edi.

33. 2003 yili, "Fantastik to‘rtlik-2” filmi chiqishidan to‘rt yil muqaddam undagi qahramonlardan birini o‘ynashni istashini aytgandi. Shuningdek, 2004 yili "Supermenning qaytishi”da ham rol ijro etishni xohlagan.

34. Vin Dizel ko‘pgina filmlarda hamkori Jorj Zakk bilan birga prodyuserlik qilgan. Ularning One Race Productions xususiy kompaniyasi bor.

35. U xususiy o‘yin studiyasini tashkil qilgan. Gap shundaki, Dizel nafaqat kompyuter o‘yinlari, balki stol o‘yinlari ishqibozi ham sanaladi. 2007 yilda Next-Gen.biz portali tomonidan o‘yinlar sanoatida alohida iz qoldirgan, deb hisoblangan.

Aktyorning ayrim filmlar uchun olgan gonorarlari:
"Jangchi Rayanning qutqarilishi” — $ 100 000
"Forsaj” — $ 2 000 000
"Uch iks” — $ 10 000 000
«Yolg‘iz» — $ 2 500 000
"Riddik yilnomasi” — $ 11 500 000
"Forsaj-5” — $ 15 000 000

Manba: www.furkat.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Forsaj» filmi qahramoni Vin Dizel haqida siz bilmagan ma’lumotlar