2 307
“Kalmar o‘yini”da ishtirokchilar soni nega aynan 456 nafar bo‘lgani sababi ma’lum qilindi
Foto: Netflix
“Kalmar o‘yini” serialida bosh qahramonlar rollarini ijro etgan aktyorlar Li Jon Je va Chon Xo Yon hamda serial rejissyori Xvan Don Xyok Vanity Fair nashriga intervyu berdi. Intervyu vaqtida serial bilan bog‘liq ba’zi ma’lumotlarga oydinlik kiritildi.
Jumladan, rejissyor Xvan Don Xyok ko‘pchilik undan serialdagi o‘yin ishtirokchilari soni nega aynan 456 nafar qilib tanlangani va bu nimani anglatishi haqida so‘rashini aytgan. Uning aytishicha, dastlab serial uchun kastingdan mingdan ko‘proq kishi o‘tgan, biroq bu raqamlar haddan ziyod ko‘p ekani tushunarli hol edi.
Ma’lumot uchun, serialdagi xavfli o‘yin ishtirokchilari umumiy soni 456 nafar bo‘ladi, g‘olib oladigan jami mukofot puli esa 45,6 mlrd vonni, ya’ni o‘yindan chiqib ketgan har bir ishtirokchi uchun 100 mln vonni tashkil qiladi.
“Janubiy Koreyada lotereyada yutib olingan eng yirik pul mukofoti 40 mlrd von bo‘lgandi. Biz ham shundan kelib chiqib pul mukofotini belgiladik, so‘ngra o‘yin ishtirokchilari sonini o‘ylab topdik. 456 sonini tanlashimizning sababi shundaki, u tomoshabinlar oson eslab qoladigan sondir”, deb tushuntirgan Xyok.
Rejissyorning ta’kidlashicha, ba’zida serial muxlislari u haqida shunday ajabtovur va antiqa farazlar bildirishadiki, gohida u o‘zini bu rostdan ham haqiqat ekandek tutishni istaydi.
Sentabrda Netflix striming xizmatida namoyish qilingan serial uning tarixidagi eng katta ko‘lamli loyiha bo‘ldi. Kompaniya serialning muvaffaqiyati evaziga 900 mln dollardan ko‘proq sof foyda olgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)