Foto: Fanlar akademiyasi
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida arxeologik tadqiqotlar olib borilganda paleolit davriga oid yodgorlik topildi. Bu haqda Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi xodimlari tomonidan Sherobod tumanidagi Ko‘hitangtog‘ tog‘ tizmasi hududida dala tadqiqotlari o‘tkazilgan. Dastlabki kuzatuvlar natijasida yodgorlik yer sathidan ko‘plab tosh uzaklar, ularning parchalari, uchrindi va plastinalar hamda qurollar yig‘ib olingan.
Yodgorlik madaniy qatlamlari holatini aniqlashtirish uchun 1x2 metr hajmida shurf qazilgan. Qazuv ishlari yer sathidan yarim metr chuqurlikda qoyatosh yotqiziqlarida to‘xtatilgan. Qazuv ishlari natijasida yodgorlik bitta madaniy qatlamdan iborat ekani aniqlangan.
Madaniy qatlam kul va kuyindi qoldiqlari bilan qoplangan qoramtir, mayda tarqoq tuproqdan tarkib topgan bo‘lib, unda ham ko‘plab tosh buyumlar va yovvoyi hayvon suyak qoldiqlari topilgan.
Ushbu yodgorlik hududda ilgari topib o‘rganilgan Teshiktosh yodgorligiga xronologik va madaniy jihatdan o‘xshashligi ma’lum bo‘lgan. Yodgorlikdan topilgan tosh buyumlar o‘rta paleolit davriga tegishli bo‘lib, toshga ishlov berish texnikasi va tosh buyumlar madaniy jihatdan aynan Teshiktosh yodgorligi an’analarini takrorlashi aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi xodimlari mazkur yodgorlikda tadqiqot ishlarini davom ettirishni rejalashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...