22:00 / 22.01.2022
3 822

Xosiyat Husanova qizini o‘ynayotgan iste’dodsiz aktrisalarga tarsaki tortib yuborishi haqida so‘zlab berdi

Xosiyat Husanova qizini o‘ynayotgan iste’dodsiz aktrisalarga tarsaki tortib yuborishi haqida so‘zlab berdi
Aktrisa Xosiyat Husanova «Shok.uz» YouTube-kanaliga bergan intervyusida kino va seriallarda o‘g‘li yoki qizini o‘ynayotgan iste’dodsiz aktyor va aktrisalarga tarsaki tortib yuborishi haqida so‘zlab berdi.

«Shu paytgacha qizim, kelinim hattoki o‘g‘limni o‘ynaydigan bir aktyorda ham bo‘ldi. Yuragi ishlamaydi, yig‘laydigan, dod-voy qiladigan joylari bo‘ladi, hech kimga ayta olmayotgan, yashashni istamaydigan, o‘zini o‘zi o‘ldirishni istaydigan odam dardini boshqacha aytadi-da. Lekin ayta olmaganidan keyin, nol bo‘lganidan keyin qarsillatib tortvorgan kunlarim bo‘lgan. Oxirgi marta bir aktrisamiz, ismini bilmayman, bir-ikki qaytardik, tushuntirdik, chiqmaganidan keyin soldim aylantirib. Rostdan uraman. Muqaddas Xoliqova bilan men rostdan uramiz. Qarsillatib solganimdan keyin «O‘ynamayman, nimaga urasiz, meni tug‘ib qo‘yganmisiz, nimaga urasiz?», deb yuragi ishlab ketdi. Tarsaki tortib yuboraman, qars etib tushadi yoki yelkalariga uraman. Albatta, bor kuchim bilan urmayman. To‘satdan tortvorsangiz, yuragi ishlab ketadi. Mana shunday o‘yna, matnni o‘qi, deyman. O‘ynamayman, deb arazlab chiqib ketadi», – deydi aktrisa.

«O‘sha paytda tushunmaydi, keyin tushunib oladi. Undan oldingi urgan aktrisalarim o‘sha zahoti o‘zini tutib olgan, qo‘qqisdan urganda yig‘laydi, odamning joni og‘rib. Shu turishda, so‘zingni qaytar, men bilan keyin urushasan, menga keyin gap qaytarasan, deyman. Operator, rejissyorlarni oldindan ogohlantirib qo‘yardim, o‘sha paytda olamiz deb. Shunaqa aktyor va aktrisalarimiz bo‘ladi. Ular keyinchalik yaxshi aktrisa bo‘lib ketdi. Baribir, sekin-sekin malakasi oshib, serqirra bo‘la boshlaydi. Yuragi boriniki ishlaydi, yo‘g‘ini yuragi hech qachon ishlamaydi», – deya deydi aktrisa.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xosiyat Husanova qizini o‘ynayotgan iste’dodsiz aktrisalarga tarsaki tortib yuborishi haqida so‘zlab berdi