16:06 / 24.01.2022
2 224

«Muhtasham yuz yil» seriali aktyorlaridan qaysi biri Usmonlilar sulolasining haqiqiy avlodi?

«Muhtasham yuz yil» seriali aktyorlaridan qaysi biri Usmonlilar sulolasining haqiqiy avlodi?
Foto: Pinterest
«Muhtasham yuz yil» – real voqealarga asoslangan turkiy tarixiy drama. Syujetda Usmonlilar imperiyasi haqida hikoya qilinadi. Serialda bosh rollarni ijro etgan aktyorlar orasida sultonlardan birining avlodi ham bor.

«Muhtasham yuz yil» seriali Sulton Sulaymon davridagi Usmonli imperiyasi tarixiga katta e’tibor qaratdi. Serial namoyishidan so‘ng tomoshabinlar dramadagi voqealarni haqiqiy hayotdagisi bilan solishtirishni boshladi.

Foto: «Domashniy ochag»
Aytish joizki, «Muhtasham yuz yil» serialini suratga olishda ishtirok etgan aktyor va aktrisalar orasida Usmonlilar imperiyasi sultonining avlodi ham bor. Bu Sulaymonning opasi Xadiche obrazini gavdalantirgan aktrisa – Selma Ergechdir. Tarixiy drama namoyishidan ko‘p o‘tmay, u intervyularning birida buni aytib o‘tgan. Selma Ergechning ajdodlari Usmonlilar imperiyasining 30-sultoni Mahmud II bo‘lib, 1808—1839 yillar davomida taxtga egalik qilgan.

Aktrisa 1978 yil 1 noyabrda Germaniyaning Xamm shahrida tug‘ilgan. Uning onasi nemis, otasi turk. Aktrisaning ota-onasi tibbiyot sohasida ishlagan. Selma tug‘ilganidan ko‘p o‘tmay, oila Turkiyaga qaytib kelgan. Dastlab ular qisqa muddat Mersinda yashab, keyin Anqaraga ko‘chib o‘tgan.

Foto: «Domashniy ochag»
1995 yilda o‘rta maktabni tugatgach, Ergench Oksford (Buyuk Britaniya) Headington maktabiga o‘qishga kirdi. 1996—1997 yillarda u Lill shahrida (Fransiya) tahsil oldi. Bir muncha vaqt o‘tgach, u Istanbul universitetining tibbiyot fakultetiga o‘qishga kirdi.

Selmaning suratga tushishida Sulton Sulaymon rolini ijro etgan Halit Ergenchning agenti sabab bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, Ergench Sulton roliga ma’qullangan, lekin Xadiche sulton roliga aktrisa topilmagan. Shunday qilib, Selma Usmonlilar sulolasi haqidagi tarixiy dramada ishtirok etishga muvaffaq bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Muhtasham yuz yil» seriali aktyorlaridan qaysi biri Usmonlilar sulolasining haqiqiy avlodi?