Joriy yilning 31 yanvar kuni Senat yigirma uchinchi yalpi majlisi oldidan Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator masalalar muhokama etildi.
“Moddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish kuchaytirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.
Hujjat sohadagi mavjud muammolarning qonuniy yechimini belgilash maqsadida Bosh prokuratura tomonidan ishlab chiqilgan. Unda moddiy madaniy meros ob’ektlarini nobud qilganlik, buzganlik yoki ularga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish, bunday toifadagi ob’ektlarga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganlikni ifodalovchi qilmishlarni og‘ir jinoyatlar toifasiga o‘tkazish, dastlabki tergov o‘tkazishni prokuratura organlariga yuklash, Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining ijro etish majburiy bo‘lgan ko‘rsatma va taqdimnomalarini belgilangan muddatda to‘liq bajarmaganlik uchun javobgarlikni belgilash nazarda tutilgan.
Shuningdek, qonun bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Xususan, moddiy madaniy meros ob’ektlariga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.
Senatorlar ushbu qonunning ma’qullanishi mamlakatdagi moddiy madaniy meros ob’ektlarini, umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan ob’ektlar va hududlarni muhofaza qilishda, ularning noyobligini saqlab qolishda, kelajak avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi