20:00 / 18.02.2022
2 399

«Farhod va Shirin» dueti sudda yutqazdi

«Farhod va Shirin» dueti sudda yutqazdi
Shoir Bobur Bobomurod «Farhod va Shirin» dueti xonandalari – F.Sulaymonov va Sh.Zoitova bilan sudlashayotgani haqida avvalroq xabar berilgandi.

Toshkent shahar sudlarining xabar berishicha, 2022 yil 28 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining ish yurituviga arizachi B. Bomurodovning huquqbuzarlar: F. Sulaymonov va Sh. Zoitovaga nisbatan «O‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgani yoxud o‘zganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgani, asarlardan yoki turdosh huquqlar ob’ektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanayotgani to‘g‘risida»gi arizasi kelib tushgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining 2022 yil 14 fevraldagi qaroriga ko‘ra, F. Sulaymonov va Sh. Zoitovaga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-moddasi (O‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud o‘zganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish) 1-qismi, 177-1-moddasi (Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish) 1-qismi bilan ushbu Kodeksning 34-moddasi tartibida bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida, ya’ni 1 350 000 so‘m jarima jazosi tayinlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Farhod va Shirin» dueti sudda yutqazdi