date 17:36 / 01.03.2022
views 2 122

Turk kinosining taniqli juftligi Hande Erchel va Kerim Bursin ajralishdi

Turk kinosining taniqli juftligi Hande Erchel va Kerim Bursin ajralishdi
Foto: Turk cinema
«Eshigimni qoq» seriali yulduzlari Hande Erchel va Kerim Bursin oʻrtasidagi janjal ajralish bilan yakunlangan koʻrinadi, deb xabar bermoqda «Lisa.ru» nashri. Gap shundaki, sevishganlar Instagram’dagi birga tushgan suratlarini navbati bilan oʻchirib tashladi.

Avvaliga Hande Kerim bilan romantik soʻzlar yozilgan postlarni oʻchirib tashladi. Keyin Bursin ham xuddi shunday qildi, faqatgina «Eshigimni qoq» seriali bilan bogʻliq bir nechta rasmlarni qoldirgan.

Film prodyuseri Janer Gulning aytishicha, Kerim koʻrinishidan juda baxtli.

«Nega Kerimning oʻzidan soʻramaysiz? Men qaerdan bilay? Yigit ishlayapti, hayotdan zavqlanyapti. Bunday ajralishlar qancha boʻlgan va yana qancha boʻladi hali. Har safar xafa boʻlib oʻtirmaydi-ku», — degan Gul.

Koʻplab foydalanuvchilarning fikricha, Hande va Kerim oʻrtasidagi munosabatlar boshidanoq piar boʻlgan. Aytishlaricha, hammasi filmning reytingi uchun qilingan.

Eslatib oʻtamiz, yulduzlar oʻrtasidagi janjal Handening Kerimni boshqa aktrisadan rashk qilgani sababli yuzaga kelgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat