
Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning ikkinchi qizi Lola Tillaevaning brendi The Harmonist atirlar uyi xalqaro tanlovda «Yil qadogʻi» nomanatsiyasida gʻolib chiqqan.
«The Harmonist atirlar uyi US Fragrance Foundation tomonidan ikki yildan beri bunday hurmat va e'tiborga sazovor boʻlishi biz uchun sharafdir. Bizning brendimiz yosh boʻlishiga qaramay, ushbu mukofotga nomzod boʻlishi jamoamizning qat'iyati, innovatsion yondashuvi va goʻzal iforlarga boʻlgan ishtiyoqidan dalolat beradi.
Men parfyumer Gillom Flavini va The Harmonist jamoasiga mehnatlari va fidoyiliklari uchun chuqur minnatdorligimni bildirmoqchiman. Siz The Harmonist’ning oʻziga xos falsafasini jonlantirishga imkon yaratdingiz va atirlarimizdan foydalangan insonlarga ifor orqali muvozanat va uygʻunlikka erishishga yordam berdingiz.
Men hamda Londonda joylashgan Commission Studio tomonidan amalga oshirilgan loyihamiz Packaging of the Year («Yil qadogʻi») nominatsiyasiga kiritilganiga juda minnatdorman. The Harmonist’ning yangi qadoqlash uslubi bizning hushboʻy iforlarimiz va atrof-muhitga boʻlgan hurmatimizni aks ettiradi. Commission Studio kompaniyasiga ushbu loyihada biz bilan samarali hamkorlik qilganlari uchun tashakkur bildiraman», deb yozgan Lola Tillaeva mukofotga nominant boʻlgan paytda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar