
Foto: «NOI.md»
«Forsaj» filmining «o‘ninchi» talqinini suratga olish boshlandi. Bu haqda film bosh qahramonini o‘ynovchi aktyor Vin Dizelga asoslanib «The Hollywood Reporter» xabar berdi.
- Yangi filmning nomi — «Fast X».
Vin Dizeldan tashqari, ko‘cha poygachilari kinosida aktyorlardan Sharliz Teron, Bri Larson («Kapitan Marvel», «Kong: boshchanoqlar oroli»)ni ko‘ramiz. Jeyson Momoa («Taxtlar o‘yini», «Akvamen») bu kinoda yovuz qahramon obrazini gavdalantiradi.
O‘ninchi «Forsaj» premerasi 2023 yilning 19 may sanasiga belgilangan.
2021 yilda taqdim etilgan «Forsaj-9» garchi IMDb talqinida 10 ballik tizimda 5,6 ball to‘plagan bo‘lsa-da, jahon prokatida 726 million dollardan ko‘proq mablag‘ keltirgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar