Konstitutsiyaning taklif etilayotgan loyihasi 13-moddasiga ko‘ra, insonning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida qonunchilikda yuzaga keladigan, bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinadi.
Muhokamaga qo‘yilgan Konstitutsiya loyihasiga ko‘ra, 13-modda kengaytirilib, unga quyidagi qoidalar qo‘shilishi kutilyapti:
- Insonga nisbatan huquqiy ta’sir chorasi davlat organi tomonidan ko‘zlanadigan qonuniy maqsadga erishish uchun yetarli bo‘lishi hamda manfaatdor shaxslarga imkon qadar qiyinchilik tug‘dirmasligi kerak.
- Insonning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida qonunchilikda yuzaga keladigan, bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinadi.
Konstitutsiyaviy komissiyaning bildirishicha, 2020 yil 22 iyundagi 6012-sonli prezident farmoni bilan tasdiqlangan Inson huquqlari milliy strategiyasida belgilangan «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan tamoyil ushbu normaning shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan.
Shu bilan birga, prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 20 iyundagi Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvida Yangi O‘zbekiston uchun inson qadri va xalq manfaati hamma narsadan ustunligi tamoyilini yangilanayotgan Konstitutsiyada aniq ifoda etish zarurligi taklif etildi.
Huquqiy davlatda barcha munosabatlar aniq qoidalar bilan tartibga solingan bo‘lishi kerak. Hech bir munosabat huquqiy yechimsiz qolmasligi shart. Ammo ijtimoiy munosabatlar juda keng. Hayotda shunday vaziyatlar yoki holatlar vujudga kelishi mumkinki, davlat va inson o‘rtasidagi ayrim munosabatlarning yechimi qonunchilikda ko‘rsatilmagan yoki noaniqliklarga sabab bo‘lishi aniq. Mana shunday holatlarda muammo kimning foydasiga va qanday tartibda hal etilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu tamoyil odatda jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlarini, tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarini himoya qilish doirasida keng qo‘llanilib kelinmoqda. Endilikda ushbu tamoyilning Konstitutsiyada mustahkamlanishi uning qo‘llanilish doirasini kengaytiradi va inson ishtirok etishi mumkin bo‘lgan har qanday ijtimoiy-huquqiy munosabatlarga talqin etish imkonini beradi.
Davlat va inson o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlardagi kelib chiqadigan noaniqliklar, tabiiyki, turli tushunmovchilik va shikoyatlarning oshishiga olib keladi. Fuqarolarning sarson sargardon bo‘lib yurishiga sabab bo‘ladi.
Masalan, 2021 yilning 12 oyi davomida Prezident virtual qabulxonasi va xalq qabulxonalariga 1 mln 600 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan bo‘lsa, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili ofisiga 2021 yilda 18,7 mingdan ko‘proq murojaatlar kelib tushgan. Tabiiyki, ushbu murojaatlar orasida biz muhokama qilayotgan muammoli masalalar ham ko‘pchilikni tashkil etadi.
Insonning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatga kirishishida qonunchilikdagi bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinishining Konstitutsiya darajasida belgilanishi, eng avvalo, inson qadrini ulug‘lash bo‘yicha ulug‘vor g‘oyaning amalga tatbiq etilishiga, hujjatlarda noaniqlik va qarama-qarshilik paydo bo‘lganda davlat manfaatlari emas, inson manfaatlari ustunligining ta’minlanishiga olib keladi.
Inson foydasiga talqin qilish deganda, davlatning o‘zaro tushunmovchiliklar va qarama qarshiliklar vujudga kelganda inson foydasiga “da’vodan” voz kechishi tushuniladi.
Ushbu prinsipning Konstitutsiya darajasida mustahkamlanishi, inson qadrini ulug‘lashga, uning huquq va erkinliklarini davlat tomonidan kafolatlashga xizmat qiladi.
Mazkur normaga o‘xshash normalar hozirgi kunga qadar bir qancha sohaviy qonun hujjatlarida, jumladan: Jinoyat-protsessual kodeksi (23-moddasi, 3-qism), “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni (7-modda), Bojxona kodeksi (4-moddasi), “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni (11-moddasi), Soliq kodeksi (13-modda) “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonuni (11-modda) va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»