7 511
Toshkent Davlat pedagogika universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 6500 dollar so‘ragan firibgar qo‘lga olindi
Qizini Toshkent Davlat pedagogika universitetiga o‘qishga kiritishni niyat qilgan fuqaro oliy o‘quv yurti oldida bir yigit bilan tanishib qoldi, deb xabar beradi «Huquq» gazetasi.
Biroz suhbatlashgach, yigit otaning ishonchiga kirib, o‘zini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali qizni o‘qishga kiritib qo‘yishi mumkinligini aytdi. Gap orasida u qizning 6500 AQSh dollari evaziga o‘qishga kirib ketishiga kafolat berdi.
Firibgar bir tanishiga mo‘may pul va’da qilib, «domla» rolini o‘ynab berishini so‘radi. Saldan keyin «mijoz»ning shubhalarini yo‘qotish maqsadida «domlaning shogirdi» rolini «domla»ning farzandi o‘ynab berdi.
Biroq firibgarlarning faoliyati tez orada SVOJJDLQK departamentining Chilonzor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan fosh qilindi.
Manba: www.daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?