O‘zbekiston hududiga 10—12 sentabr kunlari Volga bo‘yi hududlaridan biroz nam va salqin havo kirib keladi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».
Qayd etilishicha, shu kunlarda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.
11 sentabrda Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida shamolning kuchayishi ba’zi joylarda 20-23 metr/sekundga yetishi mumkin.
11 sentabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, 12 sentabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning tog‘li hududlarida ham yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘larda (2500 metrdan yuqori) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
11—12 sentabrda respublika hududining katta qismida havo harorati kechalari 10-13 darajagacha, kunduz kunlari 25-28 darajagacha pasayadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?