14:30 / 23.09.2022
1 296

O‘zbekiston tog‘larida yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda

O‘zbekiston tog‘larida yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda
Joriy yilning 25-27 sentyabr kunlari O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududlaridan salqin va biroz nam havo kirib keladi.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 25 sentyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 26-27 sentyabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.

25-26 sentyabrda Qoraqalpog‘istonda, 27 sentyabrda Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda shamol kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi mumkin.

25 sentyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida, 26 sentyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 27 sentyabrda respublika tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda (2500 metrdan yuqorida) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

26 sentyabrda shimolda, 27 sentyabrda respublika barcha hududlarida havo harorati kechalari 10-13 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 22-25 daraja issiqqacha pasayadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston tog‘larida yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda