O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha quruq va iliq ob-havo keyingi kunlarda ham saqlanib turadi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, bugun va hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Farg‘ona vodiysi ayrim tog‘li hududlarida va respublika janubida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
25 aprelda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublika barcha hududlarida haroratning ko‘tarilishi davom etadi. Havo harorati kechalari +13...+15 darajagacha, ba’zi joylarda +16...+18 darajagacha, kunduz kunlari +30...+33 darajagacha, cho‘l hududlarda va respublika janubida ba’zi joylarda +35...+37 darajagacha ko‘tariladi, bu aprel oyining oxirgi o‘n kunlik me’yoriy qiymatlaridan 4-6 darajaga yuqoridir.
Poytaxtda bugun va ish haftasining oxirigacha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechasi +12...+14 daraja, kunduzi +28...+30 daraja bo‘ladi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
«Markaziy Osiyo – Xitoy» quvuri orqali 14 yilda yetkazilgan tabiiy gaz miqdori ma’lum qilindi
Ukraina ilk bor AQSH raketasi bilan Rossiyaga zarba berdi